06:34 13 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Jamiyat
Havola olish
211 0 0

Toshkentda avtomobil yoʻllari infratuzilmasini rivojlantirish uchun 2023 yilga qadar 1 trillion soʻm mablagʻ ajratiladi.

TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. Transport vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi poytaxning 2020-2030 yillardagi yoʻl-transport inftratuzilmasini rivojlantirish kontseptsiyasini ishlab chiqishdi.

Yangi kontseptsiyaga koʻra, yaqin 1,5 yil ichida (2021 yil oxiriga qadar) Axmad Donish va Nurafshan koʻchalarida 5ta qism, Toshkent halqa yoʻlining Beruniy koʻchasidan Orzu koʻchasigacha va Malika savdo markaziga chulgan qismi hamda Fargʻona yoʻli koʻchalari va Yangi Sergeli koʻchasi rekonstruktsiya qilinadi.

Undan tashqari Toshkent halqa yoʻlining Qorasaroy, Bogʻishamol, Forobiy va Amir Temur shoh koʻchalari bilan kesishmalarida 4ta yoʻl oʻtkazgich quriladi. Undan tashqari Xurshid va Amir Temur koʻchalari kesishmalarida hamda, Choʻponota va Qipchoq koʻchalari kesishmalarida koʻpriklar quriladi.

Shuningdek, Chirchiq daryosi boʻylab 16 km masofa qisqartirilishi munosabati bilan ozod boʻlgan yerlar savdoga chiqariladi. U yerda uzunligi 656 km boʻlgan piyodalar va velosiped yoʻlaklari qurish loyihasi tasdiqlanadi.

Moliya vazirligi ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun 2023 yilga qadar 1 trillion soʻm mablagʻ ajratadi.

Asosiy mavzular