21:38 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Jamiyat
Havola olish
640 0 0

Joriy yil 1 iyuldan qizil” va “sariq” hududlarda 23:00 dan 07:00 ga qadar koʻchalarda, koʻp qavatli uylar va hovlilar oldida boʻlish taqiqlanadi.

TOSHKENT, 30 iyun — Sputnik. Epidemiologik vaziyatni inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasi tegishli qarorlarni qabul qildi.

Joriy yil 1 iyul sanasidan boshlab:

  • respublikaning barcha hududlarida yirik buyum bozorlari hamda buyum savdosi bilan shugʻullanadigan yirik savdo majmualari haftaning shanba va yakshanba kunlari sanitariya-dezinfektsiya ishlarini amalga oshirish uchun yopiladi;
  • “qizil” va “sariq” hududlarda soat 07:00 dan 23:00 ga qadar jamoat joylarida uch kishidan ortiq toʻplanish hamda 23:00 dan 07:00 ga qadar koʻchalarda, koʻp qavatli uylar va hovlilar oldida boʻlish taqiqlanadi;

Bunda:

- faqatgina fuqarolarning salomatligi yomonlashganligi, homiladorligi munosabati bilan shifokor koʻrigidan oʻtish uchun davolash muassasasiga yoxud zarur dori-darmon xarid qilish maqsadida dorixonaga borib-kelishiga ruxsat beriladi;

- mazkur talablarni buzgan shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlik choralari qoʻllaniladi;

- “qizil” va “sariq” hududlarda haftaning shanba va yakshanba kunlarida jamoat transporti harakati kamaytiriladi.

Teglar:
koronavirus, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular