16:55 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
393 0 0

Oʻzbekistonda joriy yil 5 iyuldan koronavirus yuqtirib olgan bemorlarni davolash yangicha tartib joriy etilmoqda.

TOSHKENT, 30 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirib olgan bemorlar uch toifaga ajratilmoqda. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasi qarori qabul qilindi.

Toifalar:

  • koronavirus infektsiyasining yengil shakllari aniqlangan (kasallik alomatlarsiz oʻtayotgan) bemorlar;
  • koronavirus infektsiyasi oʻrtacha ogʻir kechayotgan (tana harorati koʻtarilayotgan) bemorlar;
  • koronavirus infektsiyasi ogʻir kechayotgan bemorlar.

Joriy yil 5 iyul sanasidan boshlab koronavirus infektsiyasini yuqtirgan bemorlarni davolash bilan bogʻliq quyidagilarni nazarda tutuvchi yangicha tartib joriy etilmoqda:

- kasallik alomatlarisiz kechayotgan yengil shakldagi bemorlar shifokor tavsiyalari asosida, sanitariya-gigiyena qoidalari hamda parvarish uchun zarur sharoitlar mavjud boʻlganda, uy sharoitida davolanishiga ruxsat etiladi;

- shifoxonalarda va uy sharoitida davolanayotgan kasallik alomatlarisiz kechayotgan yengil shakldagi bemorlar 10 kun muddatda klinik belgilari kuzatilmagan taqdirda nazoratdan chiqarish amaliyoti joriy etiladi;

- koronavirus infektsiyasi tasdiqlangan bemor bilan birlamchi muloqotda boʻlganlar 14 kunlik karantin muddatini uy sharoitida yoki tasdiqlangan roʻyxatga asosan mehonxonalarda barcha sanitariya-epidemiologiya va karantin cheklovlariga rioya etgan holda oʻtkazishga ruxsat beriladi;

- birlamchi skrining test tahlillari musbat natija bergan namunalarni tasdiqlash tahlillarini oʻtkazish vakolati Bosh sanitar shifokor koʻrsatmalaridan kelib chiqib hududiy sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlariga beriladi.

Aholining populyatsion maʼlumotlar bazasini yaratish maqsadida koronavirus antitanachalariga IFA tekshirishlariga, davlat tibbiyot muassasalari bilan bir qatorda, xususiy sogʻliqni saqlash sektoridagi tibbiyot muassasalari ham jalb etilishi mumkin.

Asosiy mavzular