16:29 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
291 0 0

Toshkentda elektr quvvatidan 400 kilometr yuradigan elektromobillar paydo boʻlishi mumkin. Xitoydan ana shunday mashinalarning 2xilini olib kelishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 30 iyun - Sputnik. Toshkentda Xitoyda ishlab chiqarilgan elektromobillar paydo boʻladi, bu haqida poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qildi. 

Xitoyning Baic kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan elektromobillar 100% elektr quvvatida harakatlanadi. Elektromobil 53 K/Vtli akkumulyator bilan jihozlangan boʻlib, bir quvvatlanishda shahar ichida 419 km masofani bosib oʻtishi mumkin. Trassada bir maromda harakatlanganda 540kmgacha masofani bosib oʻtadi.

Elektr narxini hisobga olganda 1km masofa 50-60 soʻmga tushadi. Bu albatta benzin va gazda harakatlanuvchi avtomobillardan koʻra arzon. Ham ekologik toza. 

Shu sababli poytaxtlik tadbirkorlardan biri ana shunday avtomobillardan taksi xizmati uchun 500 dona xarid qilishni rejalashtirmoqda. 

Bunday elektromobilni Oʻzbekistonga olib kirishda bojxona soliqlari toʻlanmaydi, faqat 15% QQS toʻlanadi. Ayni damda 2ta model taqdim etilgan. Birinchisi sedan koʻrinishidagi avtomobil boʻlib uning narxi 25 ming dollar. QQS bilan 29 minggacha boradi. 

Ikkinchi avtomobil - kichik krossover formatida boʻlib u ancha arzonga tushadi. Qoʻshilgan qiymat soligʻi bilan birga 20 ming dollar atrofida. Avtomobillar ABS, YEBD, navigator ma multimedia tizimlar, kameralar bilan jihozlangan.

Asosiy mavzular