Jizzaxda COVID-19 dan bir oilaning ikki a’zosi vafot etdi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishKatalka
Katalka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jizzax viloyatida koronavirus tasdiqlangan er-xotin bir kun farq bilan vafot etdi. Viloyatga koronavirus 25-iyun kuni qaytgan edi.

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Jizzax viloyatida koronavirusning 25-qurboni qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Kecha Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida yashovchi koronavirusga chalingan 72 yoshli otaxon Q.R. bemor o‘tkir miokard infarkti, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Uning turmush o‘rtog‘i F.O.  ham joriy yil 20-iyun kuni koronavirusga gumon qilinib, karantinga olingan edi.

Proverka temperaturi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda aniqlangan COVID-19 holati 8300 taga yaqinlashdi

23 iyun kuni esa Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Unga “yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, surunkali bronxit va surunkali yurak yetishmovchiligi, bo‘yin umurtqalari osteoxondrozi” tashxisi qo‘yilgan.

Bemor bundan avval oxirgi 10-yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, bo‘yin umurtqalari osteoxondrozi tashxisi bilan davolanib kelgan.

So‘nggi kunlarda bemorning nafas, yurak va o‘pka yetishmovchiligi sababli ahvoli keskin og‘irlashib, jonlantirish bo‘limiga olingan.

Bugun ko‘rsatilgan muolajalariga qaramasdan F.O. o‘tkir miokard infarkti, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Shu tariqa Jizzaxda bir oilaning ikki a’zosi koronavirus qurboniga aylandi. Qayd etish joizki, koronavirusdan xoli bo‘lgan Jizzax viloyatida 25-iyun kuni koronavirus aniqlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0