17:28 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1063)
82320

Bugunning oʻzida 73 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 5569 nafarga yetdi.

TOSHKENT, 30 iyun — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 87 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 8385 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanishlar: 72 nafari — karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan), 11 nafari — Toshkent shahrida (7 nafari bemor bilan muloqotda boʻlgan, 4 nafari aholi orasida), 4 nafari — Toshkent viloyatida (3 nafari bemor bilan muloqotda boʻlgan, 1 nafari aholi orasida).

Davolanish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 73 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 5569 nafarga yetdi.

Ayni paytda 2791 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

25-oʻlim

Jizzax viloyatida koronavirusning 25-qurboni qayd etildi. Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida yashovchi koronavirusga chalingan 72 yoshli otaxon Q.R. bemor oʻtkir miokard infarkti, oʻtkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Karantin kuchayishi

Oʻzbekistonda 1 iyuldan karantin choralari kuchaytiriladi.  Respublikaning barcha hududlarida yirik buyum bozorlari hamda buyum savdosi bilan shugʻullanadigan yirik savdo majmualari haftaning shanba va yakshanba kunlari sanitariya-dezinfektsiya ishlarini amalga oshirish uchun yopiladi.

“Qizil” va “sariq” hududlarda soat 07:00 dan 23:00 ga qadar jamoat joylarida uch kishidan ortiq toʻplanish hamda 23:00 dan 07:00 ga qadar koʻchalarda, koʻp qavatli uylar va hovlilar oldida boʻlish taqiqlanadi.

“qizil” va “sariq” hududlarda haftaning shanba va yakshanba kunlarida jamoat transporti harakati kamaytiriladi.

Koronavirus infektsiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan davlatlardan (qizil reyslar) Oʻzbekistonga kirib kelayotgan fuqarolarga oʻz hohishiga koʻra 14 kunlik karantin nazorati davrini haqini toʻlagan holda mehmonxonada oʻtkazishning vaqtinchalik tartibi tasdiqlandi.

Uyda davolanayotganlar ustidan nazorat

Oʻzbekistonda kasallik alomatlarisiz kechayotgan yengil shakldagi bemorlarni uy sharoitida davolash va parvarishlash tartibi ishlab chiqiladi hamda qabul qilinadi.

Shuningdek, ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tomonidan uy sharoitida davolanayotgan kasallik alomatlarisiz kechayotgan yengil shakldagi bemorlar va karantinga olingan muloqotdagilarni yashash manzili boʻyicha qatʼiy nazorat olib boriladi.

Uch toifa

Oʻzbekistonda koronavirus yuqtirib olgan bemorlar uch toifaga ajratilmoqda:
- koronavirus infektsiyasining yengil shakllari aniqlangan (kasallik alomatlarsiz oʻtayotgan) bemorlar;

- koronavirus infektsiyasi oʻrtacha ogʻir kechayotgan (tana harorati koʻtarilayotgan) bemorlar;

- koronavirus infektsiyasi ogʻir kechayotgan bemorlar. Bu haqda batafsil.

5 mln dollar

Janubiy Koreya hukumati Oʻzbekistonda COVID-19 ga qarshi kurashish uchun 5 million dollar miqdorida favqulodda yordam koʻrsatishga qaror qildi.

Dasturni tez fursatlarda amalga oshirish maqsadida Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOISA)ning Toshkentdagi vakolatxonasi bilan Oʻzbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumini imzolash rejalashtirilgan.

Dunyo salomatligi

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 10,6 milliondan oshdi, 506 ming kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (2,5 mln), Braziliyada (1,3 mln), Rossiyada (640 ming). Dunyoda COVID-19 pandemiyasi tarqalishi ayrim davlatlarda vaziyat yaxshilanganiga qaramasdan tezlashmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1063)

Asosiy mavzular