05:58 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
196 0 0

Soʻnggi tun davomida yana 123 ta yangi koronavirus holati aniqlandi. Shulardan 6 tasi Namanganda aholi orasida aniqlangan.

TOSHKENT, 2 iyul — Sputnik. Tun davomida aniqlangan koronavirus holati 123 taga koʻpaydi.

“2020 yil 2 iyul soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 8904 (+123) nafarni tashkil etmoqda”, - deyilgan Sogʻliqni saqlash vazirligi xabarida.

Yangi kasallanganlarning 101 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 12 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 7 nafari Namangan viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida), qolgan 3 nafari Toshkent viloyatida aholi orasida aniqlangan.

Shu paytga qadar 5847 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (65 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatda 3030 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 16 nafari ogʻir, 9 nafari oʻta ogʻir ahvolda.

Teglar:
Oʻzbekiston, koronavirus

Asosiy mavzular