07:24 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
22110

Umumtaʼlim maktab oʻqituvchilari yuritadigan hujjatlar soni qisqartirildi. Endi ular faqat bittagina jurnal toʻldirish bilan cheklanishadi.

TOSHKENT, 2 iyul — Sputnik. Umumtaʼlim maktablarining oʻqituvchilari tomonidan yuritiladigan hujjatlar soni bittagacha - sinf jurnali (jumladan, elektron ravishda

Xabar qilinishicha, “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari boʻyicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ga oʻzgartirish kiritilgan. (Adliya vazirligidan 2020 yil 29 iyunda 3058-I raqam bilan ruyxatdan oʻtkazildi).

Bu oʻqituvchilarga asosiy eʼtiborini dars mashgʻulotlarini yanada qiziqarli qilib oʻtishga qaratishi uchun sharoit yaratadi.

Barcha maktablarda fanlar boʻyicha taqvim mavzuiy rejalarini bir xillashtirish maqsadida, endilikda taqvim mavzuiy rejalar Respublika taʼlim markazi tomonidan tasdiqlanadi va oʻquv yili oldidan vazirlikning rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.

“Milliy oʻquv dasturi”ning asosiy komponentlari doirasida barcha fanlardan “Oʻqituvchi kitobi”ni  joriy etilishi maktab oʻqituvchilarining dars ishlanmasi (konspekt)ning oʻrnini toʻldiradi.

Shuningdek, bosqichma-bosqich oʻqituvchilar va maktab jamoasi faoliyati xujjatlarni toʻldirishiga qarab emas, balki maktab bitiruvchilarining hayotda muvaffaqiyatga erishishlari bilan baholanishga oʻtiladi.

Asosiy mavzular