17:30 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
347 0 0

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi olimlari COVID-19 RNKsini ajratishga moʻljallangan toʻplam ishlab chiqishdi. U oʻziga xosligi, ayniqsa, kam vaqt talab qilishi, qulayligi va arzonligi kabi ustunliklarga ega.

TOSHKENT, 2 iyul — Sputnik.  Oʻzbekistonda koronavirus RNKsini aniqlaydigan test ishlab chiqildi.

COVID-19 RNKsini ajratishga moʻljallangan diagnostik toʻplam OʻzR FA Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan.

Taʼkidlanishicha, uning klinik sinovlari Sogʻliqni saqlash vazirligi laboratoriyalarida, shu jumladan, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining maxsus laboratoriyasida oʻtkazilgan va ijobiy natijalarni koʻrsatdi.

“SARS-CoV-2 virusi RNKsini ajratishga moʻljallab ishlab chiqilgan ushbu toʻplam dunyoda ishlab chiqariladigan analoglari bilan taqqoslanganda sezgirligi, oʻziga xosligi, ayniqsa, kam vaqt talab qilishi (1 soat), qulayligi va arzonligi (kamida 30% ga arzonroq) kabi ustunliklarga ega”, - deyilgan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi matbuot xizmati xabarida.

U “ENKOR” nomi bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan va keng koʻlamda ishlab chiqarish uchun ruxsat berildi.

Bundan tashqari, ushbu toʻplam yordamida gepatit V, gepatit S, odam immun tanqisligi virusi (VICH) RNK/DNKsini ajratish mumkin.

“ENKOR” mamlakatga xorijdan keltiriladigan narxdagi toʻplamlarning oʻrnini bosishga imkoniyat yaratishi qoʻshimcha qilingan.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan COVID-19 ni diagnostika qilish uchun polimeraz zanjir reaktsiyasi (PZR) usuli standart sifatida taklif qilingan. Maʼlumki, PZR diagnostika tahlilini amalga oshirish uchun dastlab koronavirus RNKsini ajratib olish talab etiladi.

Asosiy mavzular