"Kommersantʼ" nashri yozishicha, AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo va Markaziy Osiyoning besh davlatidagi hamkasblari oʻrtasidagi muzokaralardan soʻng, AQSH Davlat departamenti AQShning Markaziy Osiyo respublikalariga taʼsir oʻtkazish uchun Moskva bilan raqobat qilmasligini koʻrsatdi. Xususan, AQSH Davlat departamenti Oʻzbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi oʻrtasidagi hamkorlikka qarshi emas.
Siyosat va boshqaruv departamenti (NIU VSHE) katta oʻqituvchisi Grigoriy Lukyanov AQSH Davlat departamenti tomonidan bir necha bor Yevrosiyo integratsiyasining istiqbollari va ayrim davlatlarining, shu jumladan Markaziy Osiyoning YEOIIdagi ishtirokiga shubha bilan qaraganini eslatdi.
“Menimcha, hozirgi sharoitda pozitsiya tubdan oʻzgarmadi. Oʻzbekiston YEOIIda kuzatuvchi davlat sifatida ishtirok etmoqda. Oʻylaymanki, AQSH avvalgidek, hozirgi paytda avj olib borayotgan postsovet hududidagi integratsiya subʼyektlari bilan yaqinlashish jarayoni yaqin orada susayishini kutmoqda. Bu sharoitda AQSH yana bir bor "Biz aytgandik-ku", deya aytishi mumkin. Shuning uchun ular odatda kutilganidan ham nozikroq oʻyin olib borishadi. Ular rasmiy siyosiy munozaralarda Oʻzbekiston rahbariyatiga jiddiy maʼnaviy bosim oʻtkazmaydilar. Kutishadi va vaziyatni kuzatib borishadi”, - dedi ekspert.
Mutaxassisning batafsil izohini Sputnik podkastida tinglashingiz mumkin.