Namanganda to‘rttalik egizaklar dunyoga keldi

© Sputnik / Sergey Krasnouxov / Mediabankka o‘tishRabota roddoma
Rabota roddoma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni paytda onaning ham, chaqaloqlarning ham ahvoli yaxshi bo‘lib, markaz shifokorlari nazoratida malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.

TOShKENT, 3-iyul - Sputnik. Namangan viloyati Pop tumanida yashovchi xonadonda to‘rttalik egizaklar dunyoga keldi. Ularning barchasi o‘g‘il, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Stalo izvestno kak nazvali chetvernyashek iz Bekabada - Sputnik O‘zbekiston
Bekobodda tug‘ilgan to‘rt egizakka qanday ismlar qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi

Ularning otasi 31 yoshda bo‘lsa, onasi 30 yoshda bo‘lib, ular to‘rt yil avval turmush qurganlar.

"Onaga tug‘ruq jarayoniga qadar zamonaviy perinatal texnologiyalar bo‘yicha barcha zarur yordam ko‘rsatildi. Bolalarni sog‘-salomat ona qo‘liga topshirish maqsadida tajribalar shifokorlarimiz bilan tug‘ruq rejasini tuzib oldik. Har bir bolaga to‘liq tibbiy yordam ko‘rsatish uchun alohida mutaxassislar va apparatlar tayyorlandi. Natijada murakkab amaliyot samarali yakuniga yetkazildi", - deb aytgan viloyat perinatal marazi direktori Iroda Muhitdinova.

Ma’lum bo‘lishicha, 1-bola 902 gramm, 2-bola 1360 gramm, 3-bola 1701 gramm, 4-bola esa 1400 grammni tashkil etgan.

Ayni paytda onaning ham, chaqaloqlarning ham ahvoli yaxshi bo‘lib, markaz shifokorlari nazoratida malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga qanday ism qo‘yilishi hozircha noma’lum.

 

Yangiliklar lentasi
0