Moskvada Habib Nurmagomedovning otasi vafot etdi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishAbdulmanap Nurmagomedov
Abdulmanap Nurmagomedov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvada rossiyalik UFC jangchisi Habib Nurmagomedovning otasi – Abdulmannop Nurmagomedov vafot etdi. Bu haqda Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov ma’lum qildi.

TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Moskvada UFC jangchisi Habib Nurmagomedovning otasi – Abdulmannop Nurmagomedov vafot etdi. Bu haqda Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov o‘zining Telegram-kanali orqali ma’lum qildi.

Abdulmanal Nurmagomedov - otes boysa Xabiba Nurmagomedova - Sputnik O‘zbekiston
OAV: Xabib Nurmagomedovning otasi komada

"Do‘stlar, menga Abdulmannop Nurmagomedov dunyoni tark etgani haqida qayg‘uli xabar yetib keldi. Chechen xalqi nomidan Abdulmannop Magomedovichning oilasiga hamdardlik bildiraman", - deb yozgan Qodirov.

So‘nggi haftalarda Nurmagomedovning otasi og‘ir ahvolda Moskva shifoxonalaridan birining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgandi.

May oyi boshida Abdulmannop Nurmagomedov Maxachkaladan Moskva kasalxonasiga yotqizish uchun maxsus bortda olib kelingani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Abdulmannop Nurmagomedov koronavirus testidan o‘tgan, ammo tahlil natijalari ommaga e’lon qilinmagandi.

14 may kuni esa Abdulmannop Nurmagomedov insultni boshdan kechirgani va koma holatiga tushgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Abdulmannop Nurmagomedov 57 yoshda edi. U Rossiyada xizmat ko‘rsatgan murabbiy va nafaqat o‘g‘li, balki bir qator mashhur rossiyalik UFC jangchilari bilan ishlagan.

Yangiliklar lentasi
0