17:12 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
233 0 0

Umumiy ogʻirligi 8 tonnani tashkil etuvchi insonparvarlik yordami yuki aviaparvoz orqali barcha sanitariya-epidemiologiya meʼyorlariga rioya qilingan holda yetkazib berilgan.

TOSHKENT, 5 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston va Qirgʻiziston davlat rahbarlari oʻrtasida erishilgan kelishuvlar doirasida yana bir insonparvarlik yuki Qirgʻizistonga yetib bordi. Bu haqda Qirgʻiziston hukumati matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Taʼkidlanishicha, ushbu insonparvarlik yordami tarkibida 50 komplekt kislorodning mobil kontsentratori va 100 dona sunʼiy nafas oldirish apparati bor.

Umumiy ogʻirligi 8 tonnani tashkil etuvchi insonparvarlik yordami yuki aviaparvoz orqali barcha sanitariya-epidemiologiya meʼyorlariga rioya qilingan holda yetkazib berilgan.

Qirgʻiziston hukumati koʻrsatilgan yordam uchun minnatdorchilik bildirgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun Qirgʻizistonga bundan avval ham yordam joʻnatgan edi.

Teglar:
koronavirus, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular