23:49 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
403 0 0

Soʻnggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya va Qozogʻiston oʻrtasidagi chegara ochilgani hamda Rossiyadagi Oʻzbekiston fuqarolari Qozogʻiston hududi orqali vatanga qaytishlari mumkinligi haqidagi yolgʻon xabarlar tarqalmoqda.

TOSHKENT, 5 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyadagi fuqarolarga murojaat qildi.

Vazirlik matbuot xizmati xabariga koʻra, soʻnggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda chegara ochilgani va vatanga qaytish mumkinligi haqidagi yolgʻon xabarlar tarqalmoqda.

“Bundan tashqari, yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanadigan ayrim shaxslar Rossiya-Qozogʻiston chegarasiga odamlarni yetkazib qoʻyish va chegarani kesib oʻtishda “yordam berish”ni vaʼda qilib turli eʼlonlar tarqatmoqdalar. Elchixona vatandoshlarimizdan bu kabi yolgʻon xabarlarga ishonmasliklarini soʻrab qoladi”, - deyilgan xabarda.

Fuqarolarga Rossiya, Oʻzbekiston va Qozogʻistonda joriy qilingan karantin choralari, shu jumladan mamlakatlarga kirish boʻyicha cheklovlar oʻz kuchida qolayotgani yana bir bor eslatilgan.

Shu kunlarda Samara viloyatidagi Bolshaya Chernigovka qishlogʻi, Orenburg viloyatidagi Buzuluk tumani va Sol-Iletsk shahrida Oʻzbekiston fuqarolarining yana toʻplanishi kuzatilmoqda. Ularning koʻpchiligi, yolgʻon xabarlarga ishonib, Rossiyaning turli hudularidan kelgan va Qozogʻiston orqali vatanga qaytish istaginini bildirmoqda.

Koronavirus infektsiyasi pandemiyasi tarqalayotgan bir paytda fuqalorning bir joyda toʻplanishi ularning virus bilan kasallanish ehtimolini keskin oshiradi.

Rossiya hududidagi vatandoshlardan turli yolgʻon xabarlar va mish-mishlarga ishonmaslik, Rossiya-Qozogʻiston davlatlararo chegara punktlariga borishga urinmaslik, hozirgi yashash joylarida qolib, karantin choralariga qatʼiy rioya qilishlarini soʻralgan.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 6 iyuldan 19 iyul kunlari davomida xorijdagi fuqarolar 19 ta reys orqali vatanga qaytariladi. Navbatdagi charter reyslariing jadvali quyida.

Teglar:
TIV, karantin, koronavirus, migrantlar, chegara, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Rossiya

Asosiy mavzular