Ennio Morrikone vafot etdi

© Sputnik / Vladimir Vatkin / Mediabankka o‘tishKompozitor Ennio Morrikone (Ennio Morricone) na otkritii personalnoy vistavki v Moskve
Kompozitor Ennio Morrikone (Ennio Morricone) na otkritii personalnoy vistavki v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘plab mashhur filmlar uchun musiqa yaratgan italiyalik bastakor Ennio Morikonne shifoxonada vafot etdi.

TOShKENT, 6-iyul - Sputnik. Italiyalik mashhur bastakor Ennio Morrikone 92 yoshida vafot etdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Rainews24 telekanaliga asosan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Morikonne Rimdagi shifoxonalardan birida dushanbaga o‘tar kechasi vafot etgan. Bir necha kun oldin yiqilish oqibatida uning tos suyagi singan ekan. 

Ennio Morrikone 1928-yil 10-noyabrda Rimda tug‘ilgan. 1961-yildan 2016-yilga qadar Morrikone yaratgan musiqadan 145 dan ortiq filmlarda foydalanilgan. Ular orasida “Profssional”, “Kunlarning birida Amerikada”, “Lolita”, “Opera sharpasi”, “Notanish ayol”, “Ozod Jango”, “Jirkanch sakkizlik” kabi ko‘plab mashhur filmlar bor.  

Morrikone Kinomatografdagi ulkan yutuqlari va eng yaxshi film musiqasi nominatsiyalarida ikki karra "Oskar" mukofotiga, "Oltin burgut", va 3 karra "Oltin globus" mukofotiga sazovor bo‘lgan. Sovet Ittifoqida uning nomi ilk bor Italiya mafiyasi haqidagi "Sprut" seriali orqali keng ommaga tanilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0