16:56 23 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1224)
60610

Oʻzbekistonning yagona koronavirusdan xoli boʻlgan Fargʻona viloyatiga kasallik qaytdi. U yerda aholi orasida 3 ta yangi holat aniqlandi.

TOSHKENT, 6 iyul — Sputnik. COVID-19 dan xoli hudud boʻlgan Fargʻona viloyatida aholi orasida yangi kasallanish holati qayd etildi.

“2020 yil 6 iyul soat 17:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 10284 (+141) nafarni tashkil etmoqda”, - deyiladi Sogʻliqni saqlash vazirligi xabarida.

Yangi kasallanganlarning 118 nafari Toshkent shahrida (shundan 46 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 72 nafari aholi orasida), 20 nafari Andijon viloyatida xorijdan kirib kelgan va karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari Fargʻona viloyatida aholi orasida aniqlangan.

Shu paytga qadar 6584 nafar koronavirusga chalingan fuqarolar (64 foiz) sogʻaygan.

Hozirda mamlakatda 3664 nafar davolanmoqda. Bugun koronavirusning 36-qurboni qayd etildi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1224)
Teglar:
koronavirus, Fargʻona, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular