Toshkentda aholi orasida yana 59 ta yangi koronavirus holati aniqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSentralnaya alleya vedushaya k pamatniku Alisheru Navoi
Sentralnaya alleya vedushaya k pamatniku Alisheru Navoi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holati 10 459 taga yetdi. Bemorlarning 25 nafari og‘ir, 11 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda tun davomida 97 kishining koronavirusga topshirgan testi musbat chiqdi.

“2020 yil 7-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10459 (+97) nafarni tashkil etmoqda”, - deyilgan Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida. 

Testirovanie na COVID-19 v laboratorii NII Sklifosovskogo - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda COVID-19ni yuqtirganlik holati bir kunda 342taga oshdi

Yangi kasallanganlarning 35 nafari karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 59 nafari Toshkent shahrida hamda 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi orasida aniqlangan.

Shu paytga qadar 6690 nafar koronavirusga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3732 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 25 nafari og‘ir, 11 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Yangiliklar lentasi
0