Toshkentda 11 nafar ekstremistik guruh a’zolari qo‘lga olindi

© fotoliaRuki v naruchnikax
Ruki v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
DXX va IIV birgalikda o‘tkazgan tadbir doirasida ekstremistik diniy oqimlar ta’siriga tushib qolgan va Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan 11 nafar yashirin terrorchi guruh a’zolari qo‘lga olindi.

TOShKENT, 7-iyul - Sputnik. O‘zbekiston Davlat Xavfsizlik xizmati Toshkent shahrida yashirin terrorchi tashkilotning 11 nafar a’zosini qo‘lga oldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV DXX matbuot xizmatiga asosan. 

"DXX va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir doirasida Toshkent shahrining Olmazor va Shayxontohur tumanlarida O‘zbekiston Oliy sudining 2016-yil 26-sentabrdagi qarori bilan taqiqlangan “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkilotining 11 nafar tarafdorlaridan iborat yashirin guruh faoliyatiga chek qo‘yildi", - deyilga n xabarda. 

Ma’lum bo‘lishicha, guruh asoschisi yanvar oyida diniy ekstremistik oqimlarning g‘oyaviy rahnamolari, ayni damda Suriya va Turkiya davlatlarida qo‘nim topgan, qirg‘izistonlik Sirojiddin Muxtorov (laqabi “Abu Saloh”), O‘zbekiston fuqarolari Zofir G‘afforov (“Abdulloh Zufar”) va Sodiq Muhammadiyev (“Sodiq Samarqandiy”)larning da’vatlarini tinglab, ularning ta’siriga tushib qolgan. So‘ngra o‘z atrofidagi insonlarni ham bu yo‘lga targ‘ib qila boshlagan.

Sotrudniki FSB RF  - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada “Tablig‘i jamoat” ekstremistik tashkiloti yetti a’zosi ushlandi

Mart oyida terroristik tashkilot safiga qo‘shilish uchun Suriya davlatiga chiqib ketishni reja qilgan va buning uchun o‘ziga xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirib olgan. Biroq, koronavirus pandemiyasi tufayli O‘zbekiston va Turkiyada joriy etilgan karantin choralari uning rejasining ro‘yobga chiqishiga xalaqit bergan. Ta’kidlash joizki, noqonuniy yig‘ilishlar davomida guruh a’zolari bir nechtasi “hijrat” va “jihod” qilish uchun Suriya davlatiga borishga xayrixohlik bildirishgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida guruh a’zolarining yashash manzillarida taqiqlangan diniy adabiyotlar va varaqalar, kompyuter, noutbuk, planshet, mobil telefon hamda flesh-kartalar borligi aniqlanib, ularda saqlanayotgan ma’lumotlarni ekspertizadan o‘tkazish uchun protsessual tarzda rasmiylashtirilib olindi. Hozirda tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0