O‘ta xavfli: Markaziy Osiyoda qora o‘lat tarqalishi qayd etilganmi?

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Mediabankka o‘tishPatsiyent pered operatsiyey v operatsionnoy v gorodskoy klinicheskoy bolnitse №3 g. Tambova.
Patsiyent pered operatsiyey v operatsionnoy v gorodskoy klinicheskoy bolnitse №3 g. Tambova. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
XIV asrda qora o‘lat Yevropaning yarim aholisini qirib tashlagan, hozirgi vaqtda ham Osiyo davlatlarida ushbu xavfli kasallikka chalinish holatlari qayd etilmoqda.

TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Shu haftada Mo‘g‘uliston va Xitoyda qora o‘lat tarqalishi qayd etildi.

Avval bu o‘ta yuqumli kasallikka chalinish holatlari Markaziy Osiyoda ham qayd etilgan. Bu haqda "Mir 24" telekanali reportaj tayyorladi.

Xitoy va Mo‘g‘ulistonda qora o‘latga chalinish holatlari qayd etildi

Eng so‘nggi holatlar Qirg‘izistonda qayd etilgan. Atigi besh yil oldin 15 yoshli yigit sug‘ur go‘shtini iste’mol qilgan va kasallikdan vafot etgan.

Respublikada sug‘urlar yashaydigan uchta tuman mavjud: Tan-Shan, Oloy va Talas. O‘lat tarqalmasligi uchun bu tumanlar epidemiologlar tomonidan tekshiriladi. Shuningdek, Qirg‘izistonda o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

Qozog‘istonda 2003-yilda qora o‘latga chalinish holati qayd etilgan. O‘sha vaqtda Mangistaus viloyatida istiqomat qilgan uch nafar fuqarosi bu kasallik tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Yarim asr oldin esa respublikada qora o‘latni tarqalishi qayd etilgan. Olmaota viloyatining ikki qishlog‘ida 50 nafardan ortiq kishi vafot etdi. 

Mutaxassislar ta’kidlashicha, tabiiy o‘choqlarni Qozog‘istonning 40 foizida topish mumkin: hududlarning barchasi o‘latga qarshi davlat xizmati tomonidan nazorat qilinadi.

Tojikistonda qora o‘lat bilan kasallanishning so‘nggi holati 120-yil oldin ro‘y bergan. O‘sha vaqtda kamida 200 kishi, shu jumladan shifokorlar vafot etdi. Endi kasallikni tashuvchilari - yumronqoziqlar yashaydigan joylari biologlar tomonidan tekshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Mo‘g‘ulistonning Oltoy respublikasi bilan chegaradosh tumanida ikki kishi qora o‘latga chalindi.

Qora o‘lat sug‘urlarda tarqaladi, Mo‘g‘uliston aholisi taqiqlarga qaramay uni iste’mol qilishadi. Shuningdek, sug‘ur go‘shtini kesishda ham yuqtirib olish mumkin, ammo bu kamdan kam uchraydigan holat.

Qora o‘lat – kalamushlarda yashaydigan (parazit) burgalar orqali, Yersinia pestis bakteriya keltirib chiqaradigan o‘tkir kasallik hisoblanadi, odamdan odamga yuqishi mumkin. O‘lat juda xavfli infeksiyalar turiga kiradi.  

Kasallikning o‘ziga xos xususiyati limfa tugunlarining og‘riqli yallig‘lanishi hisoblanib, buning ortida g‘urralarga o‘xshash bezlar hosil bo‘ladi. 

XIX asr oxirigacha qora o‘latdan o‘lim darajasi 95 %gacha tashkil qilgan. Ayni vaqtda kasallikni davolash choralari o‘z vaqtida boshlansa, kasallikdan antibiotiklar yordamida nisbatan yengil forig‘ bo‘lish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0