O‘zbekistonda koronavirus: 7-iyul asosiy xabarlari

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishSotrudnitsa v laboratorii po analizu DNK
Sotrudnitsa v laboratorii po analizu DNK - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 6 584 nafarga yetdi. Ayni paytda 3 858 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Karantin v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Jizzax shahar hokimligi binosi karantinga olindi

Bir sutka davomida 225 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10 587  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 112 nafari Toshkent shahrida (shundan 84 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 28 nafari aholi orasida), 11 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida, 3 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida), 2 nafari Jizzax viloyatida, yana 2 nafari Qashqadaryo viloyatida aholi orasida, qolgan 1 nafari esa Toshkent viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Davolanish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 6 690 nafarga yetdi. Ayni paytda 3 858 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

“Abu Saxiy”da koronavirus

“Abu Saxiy” savdo markazi yopildi, bir necha xodimlarda koronavirus aniqlandi.

6 iyul kuni Chilonzor tumanida joylashgan "Tashkent Trade Center" (Abu Saxiy) savdo markazi ma’muriyati ishchilari va bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlardan koronavirus infeksiyasiga namuna olindi.

Test tahlillari natijasiga ko‘ra, bir necha xodimlarda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlandi.

Farg‘ona va Jizzax - karantin

Farg‘ona va Jizzax shaharlarida karantin talablari kuchaytirilmoqda.

Farg‘ona shahriga viloyatning barcha hududlaridan kirish va shahardan respublikaning barcha hududlariga, jumladan, viloyatdagi tumanlarga chiqish yo‘llarida 8 ta sanitariya posti tashkil etildi.

Viloyat hududidagi bozorlar, savdo majmualari va supermarketlarga kirishda dezinfeksion tunnel va dezinfeksiya guruhlari tashkil etilib, ular karantin qoidalariga rioya etilishini nazorat qilmoqda.

Jizzax shahriga kirish-chiqishni nazorat qilish uchun qo‘shimcha yo‘l-patrul xizmati statsionar postlari va blokpostlari tashkil qilinadi.

JSST SOVID-19 qarshi Rossiya vaksinasiga qiziqish bildirdi  - Sputnik O‘zbekiston
Hamma kutmoqda: JSST SOVID-19'ga qarshi Rossiya vaksinasiga qiziqish bildirdi

O‘lim holatlari

Koronavirus infeksiyasiga chalingan samarqandlik bemor o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Urgut tumani yashovchi 61 yoshli (erkak) O.N. joriy yil 27-iyun kuni koronavirusga chalingan bemor  bilan birlamchi muloqotda bo‘lganligi sababli viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan va davo muolajalari boshlangan. Unga “COVID-19” infeksiyasi og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas yetishmovchiligining 3-darajasi asorati bilan kechgan.

Bemor bundan avval surunkali buyrak yetishmovchiligi, gipertoniya kasalligi, yurak ishemik kasalligi, o‘tkir miokard infarkti bilan ham og‘rigan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli Sog‘liqni saqlash vazirligi, Samarqand davlat tibbiyot instituti mutaxassislari tomonidan onlayn konsultatsiyalar o‘tkazilib, doimiy nazoratga olingan.

Biroq shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Shuningdek, poytaxtlik 79 yoshli bemor o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Yunusobod tumanida yashovchi, 79 yoshli X.B. (erkak kishi) joriy yil 19-iyun kunidan tana harorati ko‘tarilib, yo‘tal bezovta qilgan. Shunga qaramay, mutaxassislarga murojaat qilmasdan bir hafta davomida uyida davolangan.

2 iyul kuni esa birinchi marotaba oilaviy poliklinikaga murojaat qilgan. Fuqarodan “COVID-19” infeksiyasiga namuna olingan va xonadonida dezinfeksiya ishlari amalga oshirilgan.  Unga “COVID-19”, yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, parkinsonizm kasalligi tashxisi qo‘yilgan.

Shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Patsiyent pered operatsiyey v operatsionnoy v gorodskoy klinicheskoy bolnitse №3 g. Tambova. - Sputnik O‘zbekiston
O‘ta xavfli: Markaziy Osiyoda qora o‘lat tarqalishi qayd etilganmi?

Navoiy shahrida yashovchi X.Sh. 2-iyul kuni "COVID-19" infeksiyasiga namuna topshirgan va unda kasallik aniqlangan. Bemor shu kuni viloyat bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Unda koronavirus ikki tomonlama zotiljam, nafas yetishmovchiligining 1-2-darajasi asorati bilan kechgan. Bemorda gipertoniya 3-daraja, arterial gipertenziya 2. xavf – III, semizlikning 1-darajasi kabi hamroh kasalliklari bo‘lgan. U 2019-yildan buyon gipertoniya kasalligi bilan nazoratda turgan.

6 iyul kuni bemorning ahvoli o‘ta og‘irlashgan. Reanimatsion muolajalariga qaramasdan, bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi, o‘tkir bosh miya va o‘pka shishidan

Dunyo salomatligi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 11,7 milliondan oshdi, 541 ming kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (2,9 mln), Braziliyada (1,6 mln), Hindistonda (716 ming).

Yangiliklar lentasi
0