15:20 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
14221

Reanimobillar defibrillyator, EKG va sunʼiy nafas berish apparatlari, dori-darmonlar kabi barcha kerakli vositalar bilan jihozlangan.

TOSHKENT, 8 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonga xorijda ishlab chiqarilgan 15 ta maxsus zamonaviy reanimobil olib kelindi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Taʼkidlanishicha, keltirilgan yangi maxsus reanimobillar bemorlarni tashishdagi kamchiliklarni toʻliq bartaraf qiladi.

“Eʼtiborli jihati, ushbu reanimobillar defibrillyator, EKG va sunʼiy nafas berish apparatlari, dori-darmonlar kabi barcha kerakli vositalar bilan jihozlangan boʻlib, bemorni bir manzildan tibbiyot muassasasiga yetkazib borguncha uning hayotini saqlab qolish imkoniyatini beradi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, bemorlarni tashishda tibbiyot xodimlarining xavfsizligini taʼminlash maqsadida reanimobillar biobokslar bilan taʼminlangan. Unda darchalar boʻlib, ular orqali tibbiyot xodimi bemorga bemalol muolaja koʻrsatishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, 2017-2018 yillar mobaynida tez tibbiy yordam xizmati uchun 1500 ta yangi ixtisoslashgan avtomashinalar xarid qilingan. Joriy yilning yanvarida esa poytaxtning tez tibbiy yordam xizmati xorijdan keltirilgan 150 ta “Ford” rusumidagi eng zamonaviy reanimobillar taʼminlangan.

Teglar:
Oʻzbekiston, koronavirus

Asosiy mavzular