22:26 03 Avgust 2020
Efir
  • RUB142.37
  • EUR11896.04
  • USD10207.69
Jamiyat
Havola olish
172241

Oʻzbekiston hududida 10 iyuldan 1 avgustga qadar karantin choralari keskin kuchaytiriladi: avtotransport harakati va yirik jamoat obʼyektlari faoliyati cheklanadi.

TOSHKENT, 8 iyul - Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus bilan bogʻliq epidemiologik vaziyatning yomonlashuvi tufayli karantin choralari keskin kuchaytiriladi. Bu haqida Respublika Maxsus komissiyasi xabar qilmoqda. 

Xususan, 2020 yil 10 iyuldan 1 avgustga qadar respublika miqyosida:

  • avtotransport vositalarining harakati cheklandi;
  • davlat organlari va tashkilotlarining asosiy ish faoliyatiga taʼsir etmagan holda qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat taʼtiliga chiqarilishi, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (onlayn yoki distantsion tarzda) tashkil etilishi belgilandi;
  • davlat organlari, tashkilotlar va korxonalarda yigʻilishlar oʻtkazish taqiqlandi, zarur hollarda yigʻilishlarni videokonferentsaloqa rejimida oʻtkazish belgilandi;
  • hududlar oʻrtasida avtotransport vositalari qatnovi taqiqlandi (qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi tashkilotlarga tegishli xizmat va shaxsiy avtotransport vositalarining harakati bundan mustasno);
  • tomosha, madaniy-koʻngilochar va boshqa ommaviy tadbirlarni oʻtkazish taqiqlandi;
  • toʻy hamda boshqa oilaviy marosimlarni oʻtkazish taqiqlandi;
  • 65 yoshdan oshgan shaxslarning jamoat joylarida, shuningdek, aholining koʻchalarda va maydonlarda uch kishidan ortiq boʻlib harakatlanishi cheklandi.

Undan tashqari quyidagi jamoat obʼyektlar faoliyati toʻxtatildi:

- parklar va istirohat bogʻlaridagi attraktsionlar;

- buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shugʻullanuvchi yirik doʻkonlar;

- sport zallari, fitnes klub, trenajer va basseynlar;

- tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar maktabgacha taʼlim tashkilotlari, oʻquv kurslari va har qanday toʻgaraklar;

- umumiy ovqatlanish obʼyektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) (yetkazib berish (keytering) xizmati bundan mustasno);

- sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar va boshqa dam olish maskanlari;

Shuningdek, xalqaro aviaqatnovlar va yuk tashuvlar uchun yangi tartiblar belgilandi:

- xalqaro aviaqatnovlar xorijiy davlatlardagi epidemiologik vaziyatni tahlil qilgan holda ikki baravarga qisqartiriladi;

- xalqaro yuk tashuvlarni amalga oshiradigan avtotransport vositalari xaydovchilari majburiy tartibda koronavirus infektsiyasini aniqlash boʻyicha test topshiradi.

Lekin ayrim sanoat va yirik qurilish obʼyektlari faoliyatini davom ettirishiga quyidagi shartlar asosida ruxsat beriladi:

* tegishli obʼyektlar hududi toʻliq karantinga olinadi;

* obʼyektlar hududida sanitariya va gigiyena qoidalariga toʻliq rioya etilishi taʼminlanadi;

* sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari bilan birgalikda tegishli obʼyektlarda sanitariya-gigiyena tadbirlari amalga oshirib boriladi;

* obʼyektlarga kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar, dezinfektsion “toʻshak”lar bilan jihozlash;

* xodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan holda faoliyat yuritilishini taʼminlash.

Asosiy mavzular