TOSHKENT, 8 iyul — Sputnik. AOKAda Oʻzbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasining axborot yuzasidan matbuot anjumani oʻtkazilmoqda.
“Endi Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga ishlovchilarning kirib-chiqishiga ham ruxsat berilmaydi. Barcha hududlar “qizil hudud”ga aylantirildi”, — dedi IIV axborot xizmati rahbari Shohrux Gʻiyosov.
Uning soʻzlariga koʻra, stikerga ega avtotransport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.
“Biroq ushbu masalani bugun yaxshilab oʻrganib, ertaga oʻtkaziladigan brifingda aniq javobni aytishim mumkin”, - deya qoʻshimcha qildi Gʻiyosov.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 10 iyuldan 1 avgustga qadar karantin choralari keskin kuchaytirilmoqda. Jumladan, avtotransport vositalarining harakati cheklanmoqda, hududlar oʻrtasida avtotransport vositalari qatnovi taqiqlanmoqda. Shuningdek, toʻy hamda boshqa oilaviy marosimlarni oʻtkazish taqiqlanmoqda.