14:43 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
444 0 0

Habibulla Oqilovning taʼkidlashicha, agar har kuni 1000 ta koronavirus kasalligi aniqlansa, Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimi toʻliq qulashi mumkin.

TOSHKENT, 8 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda shifoxonalarda COVID-19 bilan kasallangan bemorlar uchun moʻljallangan yotoq-joylar qolmadi. Bu haqda koronavirusga qarshi kurashish shtabi vakili Habibulla Oqilov AOKAdagi brifingda maʼlum qildi.

“Sogʻliqni saqlash tizimidagi resurslar bugungi kunga kelib poyoniga yetdi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Bugun shifoxonalarda koyka oʻrinlari toʻlgan. Barcha shifokorlar jalb etilgan. Shu bois maxsus komissiya bilan kelishgan holda simptomsiz bemorlarni uyda davolanishlariga ruxsat berdik”, - dedi u.

Oqilov boshqa surunkali kasalligi bor bemorlarning qanchasi davolana olmagani, qanchasi vafot etayotgani haqidagi statistika yoʻqligini aytdi.

Habibulla Oqilovning taʼkidlashicha, agar har kuni 1000 ta koronavirus kasalligi aniqlansa, Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimi toʻliq qulashi mumkin.

Uning soʻzlariga koʻra, 20 kunlik karantinning joriy etilishi nafaqat kasallik zanjirining uzilishiga, balki shifokorlarning ham ozgina dam olishiga sharoit yaratadi.

“Chunki shifokorlarimiz nafaqat jismoniy, balki ruhiy tomondan ham charchadilar. Ular qanday masʼuliyat bilan ishlayotganini hamma yaxshi biladi. Bularning hammasi ana shu 20 kunlik qatʼiy karantin rejasidan oʻrin olgan”,  - dedi koronavirusga qarshi kurash shtab aʼzosi.

Teglar:
Oʻzbekiston, karantin, koronavirus

Asosiy mavzular