21:24 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
228 0 0

Qayd etilishicha, texnik sabablarga koʻra soʻnggi kunlarda vatandoshlarning davlatlararo chegaradan oʻtishlari cheklangan miqdorda amalga oshirilgan.

TOSHKENT, 8 iyul — Sputnik. Tashqi ishlar vazirligi Qozogʻiston bilan chegaradagi “Jibek joli” – “Gʻisht-Koʻprik” nazorat-oʻtkazish punkti yaqinida toʻplangan Oʻzbekiston fuqarolariga murojaat qildi.

Qayd etilishicha, texnik sabablarga koʻra soʻnggi kunlarda vatandoshlarning davlatlararo chegaradan oʻtishlari cheklangan miqdorda amalga oshirilgan.

“Jibek joli” oʻtkazish punkti orqali respublika fuqarolarining Oʻzbekiston hududiga cheklangan holda kirishi bilan bogʻliq barcha muammolar tez muddatda hal qilinadi”, - deyilgan xabarda.

Xabarda yozilishicha, bosh konsulxona xodimlari nazorat-oʻtkazish punktida boʻlib turishibdi, vatandoshlar bilan doimiy aloqa oʻrnatilgan. Diaspora vakillari bilan birgalikda issiq ovqat va boshqa yordam tashkil qilinmoqda va vaziyat umumiy nazoratga olingan.

TIV 1 iyuldan buyon 2700 dan oshiq vatandoshlar, asosan kasallar, qariyalar, homiladorlar va yosh bolali ayollar Oʻzbekiston-Qozogʻiston chegarasini kesib oʻtishganini qoʻshimcha qilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qozogʻistonning Turkiston viloyatidagi “Jibek joli” chegara punkti yaqinida uch ming nafar Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari toʻplangani xabar qilingan edi.

Teglar:
migrantlar, chegara, Qozogʻiston, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular