14:31 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
318 0 0

Bemorlarning 31 nafari ogʻir, 12 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda. Virus qurbonlari soni 47 nafarga yetgan.

TOSHKENT, 9 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda tun davomida 167 ta yangi holat tasdiqlandi.

“2020 yil 9 iyul soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 11 259 (+167) nafarni tashkil etmoqda”, - deyiladi Sogʻliqni saqlash vazirligi xabarida.

Yangi kasallanganlarning 64 nafari karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 64 nafari Toshkent shahrida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 58 nafari aholi orasida), 3 nafari Fargʻona viloyatida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida), 11 nafari Qashqadaryo viloyatida (shundan 8 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida), 9 nafari Namangan viloyatida (barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida), 16 nafari Jizzax viloyatida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 10 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Shu paytga qadar 7 060 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar sogʻaygan.

Hozirda mamlakatda 4 152 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 31 nafari ogʻir, 12 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda. Virus qurbonlari soni 47 nafarga yetgan.

Teglar:
karantin, Oʻzbekiston, koronavirus

Asosiy mavzular