O‘zbekistonda barcha masjidlar faoliyati yana to‘xtatilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovShikarniy vid na minareti s sada
Shikarniy vid na minareti s sada - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan O‘zbekistonda 1-avgustga qadar barcha masjidlar faoliyati yana to‘xtatiladi.

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2020-yil 10-iyuldan e’tiboran 1-avgustga qadar diniy tashkilotlar, jumladan, masjidlar faoliyati to‘xtatilmoqda.

“Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qo‘mitasi O‘zbekiston musulmonlari idorasi va boshqa diniy konfessiyalarning takliflarini inobatga olgan holda respublikadagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib 2020-yil 10-iyuldan 2020-yil 1-avgustga qadar diniy tashkilotlar faoliyati to‘xtatilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondagi “yashil” hududlarda 8 iyundan boshlab masjidlarda qator qoidalarga rioya qilgan holda namoz o‘qishga ruxsat berilgan edi. Biroq ommaviy diniy tadbirlar (juma namozi, yakshanba ibodatlari va boshqalar) tashkil etish taqiqlangan edi. Kecha IIV axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov respublikadagi barcha hududlar “qizil”ga aylantirilishinini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0