Qozoq olimlari O‘zbekistonning Orol dengizi tubini obodonlashtirish tajribasiga baho berdi

© MChS UzbekistanaRaboti po ozeleneniyu visoxshego dna Aralskogo morya
Raboti po ozeleneniyu visoxshego dna Aralskogo morya  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonlik mutaxassislarni Orolning quruq tubini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha loyiha natijalari hayratga soldi. Ular, ayniqsa, samolyot yordamida ekilgan o‘simliklarning yaxshi unishidan hayratda qoldilar.

TOShKENT, 8-iyul - Sputnik. Qozog‘istonlik olimlar delegatsiyasi Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumaniga tashrif buyurib, Orol dengizining qurigan tubini ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishdi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali lavha tayyorladi.

O‘zbekiston prezidentining topshirig‘iga binoan 2018-yil dekabr oyida Orol dengizining qurishi oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha davlat dasturini amalga oshirish boshlandi.

Atrof-muhitga zararli tuzlarning tarqalishini oldini olish uchun Orolning qurigan tubida umumiy maydoni 1,2 million gektarni tashkil etuvchi himoya yashil hududlarni yaratish qaror qilindi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan birgalikda saqsovul urug‘larini samolyotdan ekish ishlarini amalga oshirdi.

Bundan tashqari, bu hududda tamariks ham o‘sadi - bu o‘simlik qo‘pol donador chig‘anoqli qumida yaxshi ildiz otib, atrofiga tuz, qum, changni to‘playdi, shuningdek, asal beradigan o‘simlik ham hisoblanadi.

Posadki saksaula na dne Aralskogo mora - Sputnik O‘zbekiston
Orol tubini ko‘klamzorlashtirishga qaratilgan kraudfanding tashabbusiga start berildi

Hamjihatlikdagi sa’y-harakatlar natijasida bir necha o‘n minglab sho‘rlangan yerlar zararsizlantirildi. Ushbu ko‘rsatkich o‘zbekistonlik hamkasblarining tajribasi bilan tanishish uchun Mo‘ynoq tumaniga kelgan qozog‘istonlik olimlar, ekolog va o‘rmonchilarni qiziqtirdi.

Qo‘shni respublikadan kelgan mutaxassislar ushbu natijalardan hayratda qoldilar. Ularni, ayniqsa samolyot yordamida ekilgan o‘simliklarning yaxshi unishidan hayratda qoldilar, chunki kelajakda ular tuproqni yaxshilash imkonini beradi.

Ta’kidlash joizki, Qozog‘iston delegatsiyasining safari aniq maqsadli edi. Qo‘shnilar tajribasini tatbiq etib, ekologlar respublikaning cho‘llashish muammosini hal qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Kelgusida olimlar Qozog‘iston janubida cho‘l zonalarida qumning harakatlanishiga to‘sqinlik qiladigan yashil kamarni yaratish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirishni rejalashtirishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0