14:08 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
161 0 0

Sanitariya-epidemiologik nazorat inspektsiyasi bosh inspektori koronavirus mamlakatga 15 martdan avval ham kirib kelgan boʻlishi mumkinligini inkor etmadi

TOSHKENT, 9 iyul — Sputnik. Koronavirus Oʻzbekistonga 15 martdan oldin kirib kelgan boʻlishi ham mumkinligi istisno qilinmadi. Bu haqda sanitariya-epidemiologik nazorat inspektsiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov maʼlum qildi.

“Bir jihatga eʼtibor beraylik. Oʻzbekiston hududida birinchi bemor 2020 yilda 15 mart kuni qayd etildi. Biroq kasallik mamlakatimizga undan avval ham kirib kelgan boʻlishi mumkinligini inkor etmaymiz. Biz birinchi aniqlagan bemorimizdan sarhisobni boshladik. Shundan keyin statistik raqamlar shakllandi”, — dedi Otabekov AOKAdagi Respublika maxsus komissiyasining karantin choralarini kuchaytirish borasidagi qarori yuzasidan brifingda.

Oʻzbekistonda 15 mart kuni koronavirus Frantsiyadan qaytgan fuqaroda rasman qayd etilgan edi. Shundan buyon 11 259 ta kasallanish holati aniqlangan. Bemorlarning 7 060 nafari tuzalib ketgan. Qurbonlar soni esa 47 nafarga yetgan.

Teglar:
Oʻzbekiston, karantin, koronavirus

Asosiy mavzular