Jahon pasportlari reytingida O‘zbekistonning o‘rni ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Valeriy MelnikovPasport grajdanina Uzbekistana
Pasport grajdanina Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaponiya ushbu reyting yetakchisi (191 ta davlat) bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston fuqarolari esa 57 ta davlatga vizasiz tashrif buyurishi mumkin.

TOShKENT, 9-iyul - Sputnik. Henley & Partners kompaniyasi dunyo pasportlari reytingini tuzdi.

Reytingda O‘zbekiston 86-pog‘onada joylashgan. Respublika aholisi 57 ta davlatga vizasiz tashrif buyurishi mumkin.

Yaponiya ushbu reyting yetakchisi bo‘lib qolmoqda. Mamlakat fuqarolari vizasiz (yoki tashrif buyurgan vaqtda viza olish) dunyoning 191 mamlakatiga (o‘tgan yilga nisbatan +2 ta mamlakat) safar qilishlari mumkin.

Ortidan Singapur (190 ta mamlakat) va Germaniya (189 ta yo‘nalish) joylashgan.

Reytingning pastki qismida hanuz Afg‘oniston, Iroq va Suriya kabi davlatlar joylashgan.

“COVID-19 pandemiyasi tufayli chegaralarning global yopilishi reyting ko‘rsatkichlariga ta’sir qilmadi, chunki mavjud cheklovlar davlatlar o‘rtasida vizasiz harakatlanish to‘g‘risidagi rasmiy kelishuvlar bilan bog‘liq emas”, - deyiladi hisobotda.

Biroq, pandemiya vaqtincha reytingda ba’zi mamlakatlarning pozitsiyalariga o‘zgartirishlar kiritdi.

Masalan, AQSh amerikaliklar uchun 185 mamlakatga vizasiz sayohat qilish imkoniyati bo‘yicha 7- o‘rinda turadi.

Viza v pasporte - Sputnik O‘zbekiston
Yaponiya diplomatlari uchun 90 kunlik vizasiz rejim ishga tushdi

Ammo, hozirgi paytda bu faqat rasmiyatchilikdir, chunki hozirda AQSh fuqarolarining YeIga kirishiga taqiq mavjud.

Demak, amerikaliklar vaqtincha Yevropaning 27 mamlakatiga tashrif buyurish imkoniyatidan mahrum bo‘lishdi, bu esa Amerika pasportining qiymatini pasaytirdi va uni Meksika bilan yonma-yon 26-o‘ringa qo‘ydi.

“Ko‘rib turganimizdek, pandemiyaning harakat erkinligiga ta’siri avval kutilganidan ko‘ra ancha radikal va davomli bo‘ldi”, - deydi Henley & Partners kompaniyalar guruhi rahbari Kristian Kelin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kelajakda harakatchanlik nuqtayi nazaridan pasportlarning yangi global iyerarxiyasi shakllanadi. Bu pandemiya bilan samarali kurashgan davlatlar reytingni boshqarishini anglatadi.

Yangiliklar lentasi
0