22:50 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
191 0 0

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Oʻzbekistonda sirtqi taʼlim 100 foiz, kechki taʼlim esa 50 foiz masofaviy taʼlim shakliga oʻtishini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 9 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda sirtqi taʼlim 100 foiz masofaviy taʼlim shakliga oʻtkaziladi. Bu haqda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Inomjon Majidov karantin davrida qabul jarayonini tashkil etish masalalariga bagʻishlangan brifingda maʼlum qildi.

“Sirtqi taʼlim 100 foiz masofaviy taʼlim shakliga oʻtadi. Kechki taʼlim shakli boʻyicha ishlarni rejalashtirganmiz, qanday vaziyat boʻlishidan qatʼi nazar 50 foiz masofaviyga oʻtadi. Kunduzgi taʼlim borasida qanday yoʻl tutilishi karantin sharoitidan kelib chiqib belgilanadi”, — dedi vazir.

Majidovning aniqlik kiritishicha, hujjat topshirish, roʻyxatdan oʻtish muddatlari oʻzgarmaydi. Belgilangan muddatlargacha davom etadi.

Teglar:
oliy taʼlim muassasalari, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular