18:12 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
79210

Bugunning oʻzida 194 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 7 082 nafarga yetdi.

TOSHKENT, 9 iyul — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Karantinnыy tsentr v Namanganskoy oblasti
Shtab po koronavirusu po Namanganskoy oblasti

Bir sutka davomida 465 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 11 447  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanishlar: 104 nafari — karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan), 56 nafari — Toshkent shahrida (barchasi aholi orasida), 4 nafari — Samarqand viloyatida (barchasi bemor bilan muloqotda boʻlgan), 24 nafari — Qoraqalpogʻiston Respublikasida (14 nafari bemor bilan muloqotda boʻlgan, 10 nafari aholi orasida).

Davolanish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 194 nafar bemor tuzalib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Respublika  boʻylab jami sogʻayganlar soni 7 082 nafarga yetdi.

Ayni paytda 4 316 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. 31 nafar bemor ogʻir ahvolda, 12 nafar bemor oʻta ogʻir ahvolda.

Oʻlim holatlari

Uchtepa tumanida yashovchi 83 yoshli onaxon koronavirusdan vafot etdi. SH.T.ni 25 iyundan tana harorati koʻtarilishi, yoʻtal, hansirash va nafas siqishi bezovta qilgan. 28 iyun kuni esa koronavirus aniqlangan va Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan. 30 iyun kuni tos suyagi buyinchasi singanligi sababli 1-son shahar klinik shifoxonasiga oʻtkazilgan.

Shayxontohur tumanida yashovchi 51 yoshli erkak R.N.ni soʻnggi 3-4 kun davomida hansirash bezovta qilgan. 4 iyul kuni Toshkent shahar tez tibbiy yordam shifoxonasiga yotqizilgan va unda "COVID-19" infektsiyasi tasdiqlangan. Koʻkrak qafasi rentgen tekshiruvidan oʻtkazilganda ikki tomonlama pnevmoniya aniqlangan. Reanimatsion muolajalarga qaramay, bemor oʻtkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Jizzax shahrida yashovchi 28 yoshli ayol M.O.ning 22 iyun kunidan tana harorati koʻtarilib, u uy sharoitida davolanib yurgan. Bemor ahvoli ogʻirlashib, 4 iyul kuni tibbiyot xodimlariga murojaat qilganidan soʻng, undan "COVID-19" infektsiyasi tasdiqlangan. Unda ikki tomonlama bronxopnevmoniya, oʻtkir nafas yetishmovchiligi kuzatilgan. Reanimatsion choralarga qaramasdan, bemor oʻtkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Koronavirus infektsiyasiga chalingan afgʻonistonlik 40 yoshli bemor oʻtkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 49 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Call-markaz

Toshkent hokimi Jahongir Artikxodjayev koronavirus pandemiyasi munosabati bilan navbatdagi poytaxt aholisiga murojaat qildi. Hokimning taʼkidlashicha, 10 iyuldan uy sharoitida davolanayotgan bemorlar hamda karantinga olingan shaxslarga tibbiy maslahat hamda axborot berishga qaratilgan tunu kun uzluksiz faoliyat koʻrsatuvchi 1105 qisqa raqamli Call-markazi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Uy sharoitida davolanayotgan bemorlar hamda karantinga olingan shaxslarga joyiga chiqqan holda tibbiy yordam koʻrsatishga ixtisoslashgan mobil guruhlar tashkil etiladi.

Barcha masjidlar 1 avgustgacha yopiladi

10 iyuldan 1 avgustga qadar diniy tashkilotlar, jumladan, masjidlar faoliyati toʻxtatilmoqda.

Chegaradagi fuqarolarga yordam

Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov 8 iyul kuni Samara viloyatiga tashrif buyurib viloyat gubernatori Dmitriy Azarov bilan uchrashdi. Uchrashuvda Samara viloyatining Qozogʻiston chegarasiga yaqin boʻlgan hududida toʻplanib qolgan Oʻzbekiston fuqarolari masalasi muhokama qilindi. Samara gubernatori ushbu fuqarolarga uchun sharoit yaratishga va ularning vataniga qaytirish chora-tadbirlariga yordam berilayotganini aytib oʻtdi.

Xalqaro kodeks

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT shafeligida pandemiya davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari toʻgʻrisidagi xalqaro kodeksni qabul qilish tashabbusini ilgari surdi.

Davlat rahbari Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning COVID-19 davrida Mehnat munosabatlari boʻyicha global sammiti ishtirokchilariga murojaat yoʻlladi. Ushbu kodeksda davlatlarning oʻz fuqarolari va xalqaro sheriklari oldidagi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, gumanitar va inson huquqlari sohalaridagi eng kam shartlari va majburiyatlari belgilab qoʻyilishi kerak.

Dunyo salomatligi

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 12 milliondan oshdi, 548 ming kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (3,0 mln), Braziliyada (1,7 mln), Hindistonda (767 ming).

Asosiy mavzular