Tashkenbayev xorijda o‘qimoqchi bo‘lgan yoshlarga oliygoh tanlash bo‘yicha maslahat berdi

© Mejdunarodniy press-sentrUlugbek Tashkenbayev
Ulugbek  Tashkenbayev  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashkenbayevning ta’kidlashicha, inspeksiyaga ushbu masala bo‘yicha ko‘plab savollar kelib tushgan va tushishda davom etmoqda. Shu bois, bu yerda xorijda o‘qish niyatida bo‘lgan yoshlarning aldanib qolmasligi muhim ahamiyat kasb etadi.

TOShKENT, 10-iyul - Sputnik. Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Tashkenbayev xorijda o‘qish istagida bo‘lgan yoshlarga oliygoh tanlash bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Rabota v ofise - Sputnik O‘zbekiston
Majidov: sirtqi ta’lim 100 foiz masofaviy ta’lim shakliga o‘tadi

Tashkenbayevning ta’kidlashicha, inspeksiyaga ushbu masala bo‘yicha ko‘plab savollar kelib tushgan va tushishda davom etmoqda. Shu bois, bu yerda xorijda o‘qish niyatida bo‘lgan yoshlarning aldanib qolmasligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda oliygohlar reklamasi ko‘payib ketgani va bunda aksariyat hollarda masofaviy ta’lim shakli taklif etilayotgani bois, O‘zbekiston yoshlari bunday ta’lim shakllari qaysi oliygohlarda yaxshi yo‘lga qo‘yilgani xususida to‘liq va to‘g‘ri axborotga ega bo‘lishlari muhim ahamiyat kasb etadi.

"Bunda yoshlar birinchi o‘rinda o‘sha ta’lim tashkiloti akkreditatsiyadan o‘tgan-o‘tmaganiga e’tibor berishlari lozim. Qolaversa masofaviy ta’lim tizimi ko‘p davlatlarda yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan. Bizlarda ham hozir sinov ketapti, chunki "Ta’lim to‘g‘risidagi" qonunda masofaviy ta’lim e’tiborga olinmagan. Shu bois O‘zbekistonda bunday o‘quv yurti diplomlari nostrifikatsiya qilinmaydi", - dedi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i.

U shuningdek, hozirda "Ta’lim to‘g‘risidagi" qonunning yangi tahriri xususida ish olib borilayotgani, unda masofaviy ta’lim shakli kiritilishi nazarda tutilayotganini qo‘shimcha qildi.

Yangiliklar lentasi
0