Rossiyada o‘zbekistonlik migrantlar haqidagi fikr o‘zgarmoqda - OAV

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishInostrannie rabochie
Inostrannie rabochie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pandemiya davrida migrantlar vatandoshlarini qidirib, bir-birlariga yordam berishni boshlagan, mahalliy aholi esa yakkalanib qolgan. Bu holat migrantlar to‘g‘risidagi tasavvurlarni butunlay o‘zgartirdi.

TOShKENT, 10-iyul - Sputnik. Pandemiya vaqtida rossiyaliklarning O‘zbekistonlik migrantlar haqidagi fikri o‘zgarmoqda, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Kommersant nashriga asoslanib. 

Rossiya Xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi oylarda migrantlarning 40 %, mahalliy aholining esa 20 % ishsiz qolgan.

Sharoit barcha uchun murakkab bo‘lsada, migrantlar vatandoshlarini qidirib, bir-birlariga yordam berishni boshlagan. Mahalliy aholi esa yakkalanib qolgan. Bu holat migrantlar to‘g‘risidagi tasavvurlarni butunlay o‘zgartirdi, deb Xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi katta ilmiy xodimi Yevgeniy Varshaverning so‘zlarini keltiradi Agentlik.

“Migrantlar yanada hamjihatlashdi, koronavirusga va hukumat tomonidan taklif qilingan choralarga mas’uliyatliroq bo‘lishdi. Shunday qiyin sharoitda tashkillashtirilgan holda bir-biriga yordam berishdi. Masalan, O‘zbekistonda chet eldagi vatandoshlar uchun pul yig‘adigan maxsus jamg‘armalar tashkil etildi va elchixona orqali ushbu pullar yetkazib berildi hamda oziq-ovqat mahsulotlari shu yerda tarqatildi. O‘ylaymanki, hozir hammasi asta-sekin o‘z iziga qaytmoqda”, – deydi Yevgeniy Varshaver.

Ma’lumot uchun, pandemiya sharoitida Rossiyada qiyin sharoitga tushib qolgan migrantlar tomonidan jinoyat sodir etish holatlari ko‘payishi mumkinligi bashorat qilingan edi. Ammo faktlar buning aksini ko‘rsatdi. IIV ma’lumotiga ko‘ra o‘tgan davr mobaynida migrantlar o‘rtasida jinoyatchilik pasaygan. 

Yangiliklar lentasi
0