AQSh harbiylari O‘zbekistonda zaharli moddalarga duch kelgan bo‘lishi mumkin

© Sputnik / Vladimir Pirogov / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashie VVS SShA
Voyennoslujashie VVS SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gap O‘zbekiston janubidagi AQSh harbiylari tomonidan terrorchilik tashkilotlarga qarshi kampaniya vaqtida foydalanilgan "Qarshi-Xonobod" aviabazasi haqida bormoqda.

TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Amerika harbiy xizmatchilari 2000-yillarda O‘zbekistondagi harbiy bazada joylashgan vaqtlarida zaharli moddalar ta’siriga uchragan bo‘lishlari mumkin. Bu haqda Pentagonning maxfiylikdan chiqarilgan hujjatlariga tayangan holda CNN xabar bermoqda.  

Ministerstvo inostrannix del Rossii - Sputnik O‘zbekiston
AQSh razvedkasi narkotiklar savdosi ishtirokchisi - Rossiya TIV

Bu yerda gap O‘zbekiston janubidagi, amerikalik harbiylar tomonidan 2001-yil 11-sentabrda yuz bergan terraktlardan so‘ng "Al-qoida"* terroristik tashkiloti va "Tolibon"* radikal harakatiga qarshi kampaniyada foydalanilgan "Qarshi-Xonobod" aviabazasi haqida bormoqda.

Respublikachilar qo‘mitasi a’zosi Mark Grinning aytishicha, maxfiylikdan chiqarilgan hujjatlar K2 aviabazasida (Qarshi-Xonobod) xizmat qilgan qo‘shinlar yuqori toksik kimoviy moddalar va radioaktiv materiallar ta’siriga duch kelganliklari haqida dalillar sonini oshirmoqda.

“Saraton kasalligi K2 faxriylari orasida boshqa joylarda xizmat qilgan harbiylarga qaraganda besh baravar yuqori va ularning ko‘plari kasallik bevosita xizmat bilan bog‘liq ekanligiga qaramay, nafaqa olish huquqiga ega emaslar. Kongress kuta olmaydi. Ushbu hujjatlarning jamoatchilikka oshkor etilishi - Pentagon va Faxriylar masalalari bo‘yicha vazirlikni javobgarlikka tortish va mamlakatimiz uchun fidoyilik ko‘rsatgan bu jasur faxriylar uchun adolatga erishish yo‘lidagi katta qadamdir”, - degan Grin.

2001 yildagi ma’lumotlarga ko‘ra, baza atrofidagi maydon avia-yoqilg‘i bilan to‘yingan bo‘lgan, tuproqdan chiqqan bug‘lardan nafas olish odamlar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin. 2004-yilda ham aviabazadagi harbiylar har kuni radiatsiyaga duch bo‘lgan bo‘lishlari mumkin.

Shtab-kvartira Ministerstva oboroni SShA - Sputnik O‘zbekiston
Pentagon biolaboratoriyalari Rossiya va Xitoy biqinida joylashgan — RF TIV rahbari

"Xonobod" aviabazasi va harbiy aerodrom XX asrning o‘rtalarida barpo etilgan. Ushbu majmuadan Afg‘onistonda amalga oshirilgan harbiy harakatlar - 1980-1989 yillar davomida faol foydalanilgan. 11-sentabr teraktlaridan keyin AQSh terrorchilikka qarshi kurash xalqaro koalitsiyasini tashkil qilib, Afg‘onistonda amaliyotni boshlagan edi. Vashington o‘z qo‘shinlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekistondan yiliga 10 million dollar evaziga O‘zbekistondan "Xonobod" bazasini ijaraga olgandi. Aerodromda jangovar vertolotlar va harbiy-transport samolyotlari, shuningdek, 1500 nafarga yaqin harbiy xizmatchilar joylashtirilgan.

2005 yilda Andijon voqealari va Vashingtonning ushbu voqeaga munosabati tufayli Toshkent amerikaliklardan Qarshi yaqinidagi aviabazani tark etishni talab qildi. AQSh harbiy-havo kuchlarining so‘nggi samolyoti o‘sha yilning noyabr oyida aerodromni tark etdi. Amerikaliklar Qirg‘izistondagi "Manas" aerodromiga ko‘chib o‘tdilar.

Keyinchalik respublikaning birinchi prezidenti Islom Karimov bundan buyog‘iga O‘zbekiston hududida bironta xorijiy baza bo‘lmaydi, deya bir necha bor ta’kidlagan.

* “Islom davlati” (IShID, ID) va “Tolibon” – Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlar.

Yangiliklar lentasi
0