17:48 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
271 0 0

Prezident qarori bilan Alisher Saʼdullayev Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

TOSHKENT, 10 iyul — Sputnik. Prezident qarori bilan Alisher Saʼdullayev Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan, Alisher Saʼdullayev Prezidentning yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

Eslatib oʻtamiz, agentlik prezidentning 2020 yil 30 iyundagi farmoni bilan tashkil etilgan. Agentlikning asosiy vazifa va faoliyat yoʻnalishlari belgilandi. Agentlik, jumladan, yoshlar bilan bogʻliq soha va yoʻnalishlarda yagona davlat siyosati, strategik yoʻnalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi.

Shuningdek, Agentlik yoshlar siyosati sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.

Farmon bilan Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dasturda, jumladan, Oʻzbekiston yoshlari portalini tashkil etish va unda yoshlar siyosatini baholash milliy indekslari hamda yoshlarga oid qonun hujjatlari bazasini shakllantirish belgilangan.

Asosiy mavzular