23:24 03 Avgust 2020
Efir
  • RUB142.37
  • EUR11896.04
  • USD10207.69
Jamiyat
Havola olish
228 0 0

Karantin kunlarida koronavirusni davolashda ishlatilgan himoya vositalarini utilizatsiya qilishga alohida eʼtibor berilmoqda.

TOSHKENT, 10 iyul - Sputnik, Anna Jelixovskaya. Tibbiy chiqindilar 4 guruhga tasniflanadi - A, B, V, G. COVID-19 bilan kasallangan bemorlar qoʻli tekkan har qanday buyum B toifasiga kiradi. Bu epidemik nuqtai nazardan xavfli materialdir, ular maxsus chiqindilarni yoqish pechlari – insineratorlarda  yoʻq qilinishi kerak. Bu bilan Oʻzbekistonda yagona MED CLASS PLUS korhonasi shugʻullanadi. Uning xodimlari karantin paytidan koronavirus infektsiyasining tarqalishiga qarshi kurashda bevosita ishtirok etayotganliklari haqida gapirib berishdi.

Utilizatsiya ispolzovannыx masok i kostyumov v karantinnoy zone pod Tashkentom
© Foto : MED CLASS PLUS
Utilizatsiya ispolzovannыx masok i kostyumov v karantinnoy zone pod Tashkentom

Maxsus komissiya qaroriga koʻra, karantin davrida bemorlar kontakt qilgan barcha narsalar, hatto maishiy chiqindilar va oziq-ovqat qoldiqlari ham, tibbiy chiqindilar deb ataladi. Bularning barchasi ehtimoliy bemorlar joylashgan uylardan, yuqtirilgan bemorlar davolanayotgan tibbiyot muassasalaridan va konteynerli sanitariya shaharchalaridan olib chiqiladi. Minglab odamlar karantinga joylashtirilgan shaharchalarda eng koʻp tibbiy va maishiy chiqindilar hosil boʻladi.

Korxona vakilining soʻzlariga koʻra, yaqin vaqtgacha maxsus transport vositalarida kuniga 7-8 tonnagacha xavfli yuk olib ketilib, yoqib yuborilgan. Hozirda Oʻrtasaroy maxsus kompleksi hududida 7 dona Italiyada ishlab chiqaradigan pechlar oʻrnatilgan. Endi chiqindilar shu yerning oʻzida utilizatsiya qilinmoqda. Har bir pechning yonish kuchi bir vaqtning oʻzida 1 tonnani tashkil etadi.

Insinerator ikki kameradan iborat: yoqish va elitish. “B guruhidagi chiqindilarni biz ikki kameradan iborat maxsus pechlarda yoqamiz. Birinchisida chiqindi 1200 daraja haroratda yonadi, hatto kul ham qolmaydi. Ikkinchi kamerada - bugʻlatuvchida - elitish jarayoni oʻtadi. Maxsus texnologiya atrof-muhitga mutlaqo zararsiz oq tutun chiqarish imkonini beradi”, - deya tushuntirdi korhona vakili. Bu holatda, nafaqat tibbiy chiqindilar, balki koronavirus bilan kasallanganlardan qolgan maishiy chiqindilar ham yoqiladi. Bu hojatxona qogʻozi, idishlar, oziq-ovqat chiqindilari, choyshablar va boshqalar.

“Ushbu chiqindilar yoqish kamerasining hajmi 1 tonnani tashkil qiladi. Ahlatning bir marotaba yuklanishi toʻrt soat davomida yoqib yuboriladi. Hatto koronavirus infektsiyasida gumonlanayotganlardan qolgan chiqindilar ham utilizatsiya qilinadi”, - deya qoʻshimcha qildi suhbatdosh.

Infektsiyalangan bemorlarning, shuningdek, ehtimoliy bemorlarning barcha oziq-ovqat chiqindilari maxsus germetik sariq plastik idishlarga, plastik esa zichligi 13 mikron boʻlgan maxsus sariq polietilen paketlarga yigʻiladi.

Utilizatsiya ispolzovannыx masok i kostyumov v karantinnoy zone pod Tashkentom
© Foto : MED CLASS PLUS
Utilizatsiya ispolzovannыx masok i kostyumov v karantinnoy zone pod Tashkentom

Koronavirus infektsiyasi xavfi nafaqat shifokorlar, balki ushbu chiqindilarni yigʻish va yoʻq qilish bilan shugʻullanadigan odamlar uchun ham bor. Xodimlarning xavfsizligi uchun barchaga huddi shifokorlarga beriladigan himoya vositasi beriladi. Yigʻish va yoqish paytida mutaxassislar ikki qavat niqob, koʻzoynak yoki ekran, qoʻlqoplar, shuningdek himoya kombinezoni va rezina etiklari kiyadilar. Hodimlar pechga har toʻrt soatda chiqindilarni yuklaganda, shaxsiy himoya vositalarini ham oʻzgartiradilar.

Koronavirusning suyuqlikda va sirtlarda bir necha kungacha saqlanishi mumkinligini hisobga olib, chiqindilarni imkon qadar tezroq yoʻq qilish juda muhimdir.

Asosiy mavzular