22:20 03 Avgust 2020
Efir
  • RUB142.37
  • EUR11896.04
  • USD10207.69
Jamiyat
Havola olish
593 0 0

Joylarda biroz bulutli havo kutilmoqda, yogʻingarchilik boʻlmaydi, faqat Toshkent, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

TOSHKENT, 10 iyul - Sputnik. Kelayotgan dam olish kunlari respublikaga biroz salqin havo kirib keladi, deb xabar beradi Oʻzgidromet.

“10 va 11 iyul kunlari kunduzi havo harorati + 32 ... + 35 darajani, shimolda, janubda va choʻl zonasida esa + 37 ... + 39 darajani tashkil etadi. Kechasi harorat +19 ... +24 darajada saqlanib qoladi. Baʼzi joylarda shamol kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin”, - deyiladi maʼlumotda.

Respublika boʻyicha havo biroz bulutli boʻlib, joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Yakshanba kuni Oʻzbekistonning tekislik hududlarida quruq va quyoshli havo kutilmoqda, faqat togʻli hududlarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, 7 iyuldan boshlab respublikada issiq va quruq havo oʻrnashdi.

Asosiy mavzular