17:15 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
13302

Ular uyda kuzatuvga qoldirilgan bemorlar roʻyxatini tuman/shahar, viloyat SSB rahbarlariga tibbiy kuzatuv va davolash uchun, Ichki ishlar, Milliy gvardiyaning hududiy boʻlimlariga karantinni tashkil etish uchun taqdim etadi.

TOSHKENT, 12 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda COVID-19 ning alomatsiz shakli bilan tibbiy kuzatuv va davolashga olingan bemorlar uchun tuman/shahar tibbiyot birlashmalari qoshida tez tibbiy yordam mashinasi bilan mobil guruhlar tashkil etiladi.

Ularning vazifalari quyidagilardan iborat boʻladi:

  • TTB tomonidan taqdim etilgan PZR natijalari asosida shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlangan, sanitariya-epdemiologiya qoidalariga rioya qilingan holda bemorni tibbiy koʻrikdan oʻtkazib, COVID-19 alomatsiz shaklini aniqlaydi.
  • COVID-19 alomatsiz turi bilan kasallanib, uyda kuzatuvga qoldirilgan bemorlar roʻyxatini tuman/shahar, viloyat SSB rahbarlariga tibbiy kuzatuv va davolash uchun, Ichki ishlar, Milliy gvardiyaning hududiy boʻlimlariga karantinni tashkil etish uchun taqdim etadi.
  • Kasallik belgilari aniqlanganida belgilangan tartibda BTSYOM bilan birgalikda zudlik bilan shifoxonaga yotqizish choralarini koʻradi.
  • Tibbiy koʻrik xulosalarini bemorning ambulator kartasida rasmiylashtiriladi.

SSV COVID-19 ning alomatsiz shakli bilan tibbiy kuzatuv va davolashga olingan bemorlar uchun eslatma bilan chiqqan.

1. Uydan chiqmaslik;

2. Aksirganda, yoʻtalganda burun va ogʻizni yopish. Qoʻlni sovun bilan yuvish va antiseptik vositalar bilan zararlantirish;

3. Tibbiy niqob taqish va har 2 soatda muntazam almashtirish;

4. Xonani har 2-3 soatda tez-tez shamollatish;

5. Uydagilar bilan muloqotni cheklash;

6. Ovqatlanishdan oldin, hojatxonaga borgandan soʻng qoʻlni sovun bilan yuvish va antiseptik vositalar bilan zararlantirish;

7. Alohida idish tovoqlardan foydalanish;

8. COVID-19 belgilari aniqlanganida tez yordam xizmatiga (103), hududiy poliklinika (QVP, QOP, OP)ga yoki koll-markazga (1003) murojaat qilish.

Asosiy mavzular