Karantin davrida yordamga muhtoj fuqarolar qayerga murojaat qilishi mumkin?

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaYediniy koordinatsionniy sentr, organizovanniy v stolichnom "Uzekspotsentre", nachal blagotvoritelnie raboti
Yediniy koordinatsionniy sentr, organizovanniy v stolichnom Uzekspotsentre, nachal blagotvoritelnie raboti  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Karantin sharoitida ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar 1197 qisqa raqami yoki Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 203 01 21 telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin.

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Karantin sharoitida ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar 1197 qisqa raqami yoki Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 203 01 21 telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin. Bu haqda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov AOKAdagi brifingda ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, ehtiyojmand oilalarga Xalq deputatlari mahalliy kengashlarining qarorlariga muvofiq, “Mahalla” fondi va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalaridan zarur mablag‘lar ham ajratiladi.

Minyust i Obshenatsionalnoe dvijenie Yuksalish dostavili sirdarinsam ocherednuyu partiyu gumpomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Karantin davrida yordamga muhtoj oilalar oziq-ovqat bilan ta’minlanadi - Hukumat qarori

Joylardagi mahalliy hokimliklar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlardagi homiylik, xayriyalarni muvofiqlashtirish va volontorlik markazlari bilan birgalikda manzilli ro‘yxat asosida zarur oziq-ovqat va dori-darmon mahsulotlaridan iborat moddiy ko‘mak yordamlarini shakllantiradi.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan hozircha muhtojlik darajasi o‘ta yuqori bo‘lgan 101 ming 980 nafar fuqaroning hududlar kesimidagi ro‘yxati shakllantirildi.

“Shu o‘rinda barcha fuqarolarni qiziqtiruvchi yana bir ma’lumotni berishni istardim. Ya’ni, joylarda shakllantirilgan ro‘yxatlarda mavjud bo‘lmagan, ammo zarur oziq-ovqat va dori-darmonga muhtoj bo‘lgan fuqarolar 1197 qisqa raqamli telefon tarmog‘iga murojaat qilishlari hamda o‘z ehtiyojlarini bayon etishlari mumkin. Undan tashqari, vazirlikda mavjud 203 01 21 raqamiga telefon qilib murojaat qilishlar mumkin. Mazkur telefon tarmog‘i orqali bog‘langan fuqarolarimiz murojaati ham alohida e’tiborga olinadi hamda ularga ham zarur ijtimoiy yordam mahsulotlari yetkazib beriladi”, – dedi vazir.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 20 kunlik karantin davrida moddiy jihatdan og‘ir ahvolga tushib qolayotgan eng muhtoj 120 mingga yaqin oilalarni davlat tomonidan oziq-ovqat, dori-darmon vositalari va birinchi ehtiyoj mahsulotlarini yetkazib berish orqali qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilmoqda. Bu ishlarni amalga oshirish uchun 20 mlrd so‘m ajratilgan.

Yangiliklar lentasi
0