09:07 25 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1349)
186 0 0

Yana bir toshkentlik koronavirusning navbatdagi qurboniga aylandi. 67 yoshli ayolda 10 iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan.

TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus aniqlangan yana bir bemor vafot etdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Joriy yilning 10 iyul kuni Shayxontohur tumanida yashovchi 67 yoshli ayol M.T.da COVID-19 tasdiqlangan. Shu kuniyoq oʻtkir nafas yetishmovchiligi sababli bemorning ahvoli ogʻir boʻlganligi uchun Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan.

Shifoxonada unga “COVID-19” infektsiyasining oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, nafas yetishmovchiligining 3-darajasi, oʻtkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi tashxisi qoʻyilgan.

Shuningdek, bemorda gipertoniya kasalligining 2-darajasi, arterial gipertenziya, qandli diabet, surunkali xoletsistit kabi hamroh kasalliklar boʻlgan.

Biroq koʻrsatilgan muolajalarga qaramasdan bemor oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Shu tariqa Oʻzbekistonda koronavirus qurbonlari soni 61 nafarga yetdi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1349)
Teglar:
Oʻzbekiston, karantin, koronavirus

Asosiy mavzular