19:50 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
154 0 0

Koronavirusga qarshi kurashish maxsus komissiyasi aʼzosining soʻzlariga koʻra, ilgari asosan koronavirus chet eldan qaytarilganlarda aniqlangan boʻlsa, hozir teng yarmi aholi orasida aniqlanyapti.

TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. AOKA huzuridagi shtabda koronavirus  tarqalishining oldini olish va aholi salomatligini taʼminlash yuzasidan tizimda olib borilayotgan ishlar yuzasidan brifing oʻtkazildi.

Unda koronavirusga qarshi kurashish maxsus komissiyasi aʼzosi Habibulla Oqilov karantin cheklovlarining keskinlashtirilganining asosiy sababini maʼlum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, karantin cheklovlari yumshatilgan keyin kasallanish soni keskin ortib borgan. Hozirgi kunda klinikalarda 5 mingdan ortiq oʻrinda koronavirusga chalingan bemorlar davolanmoqda.

Oqilov fuqarolar 20 kun uyda oʻtirsa va bu bilan zararlanish zanjiri uzilsa, bemorlar soni ham kamayishiga ishonch bildirdi.

“Ilgari yangi zararlanish soni asosan chet eldan qaytarilgan vatandoshlarimiz ichidan chiqqan boʻlsa, teng yarmi aholi orasida aniqlanyapti. Mana shu karantin choralarining kuchaytirilishining asosiy sababidir”, - dedi mutaxassis.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus bilan bogʻliq 13 193 ta holat aniqlangan. Kecha, 12 iyul kuni mamlakatda 484 ta yangi kasallanish holati aniqlangan, shundan 265 tasi aholi orasida. Bemorlarning 7852 nafari tuzalib ketgan. Jami 61 kishi virus qurboniga aylangan.

Teglar:
Oʻzbekiston, karantin, koronavirus

Asosiy mavzular