22:02 20 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
91 0 0

Konferentsiyada bu borada yaratilishi lozim boʻlgan qonunning kontseptual gʻoyalari, xorijiy davlatlar yondashuvi, ijobiy va muvaffaqiyatsiz tajribalari koʻrib chiqiladi.

TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. 15 iyul kuni “Davlat xizmatchilari aktivlarini deklaratsiyalashning zamonaviy mexanizmlari” mavzusidagi veb-konferentsiya oʻtkaziladi.

Onlayn oʻtkaziladigan konferentsiyada yaratilishi lozim boʻlgan qonunning kontseptual gʻoyalari, xorijiy davlatlar yondashuvi, ijobiy va muvaffaqiyatsiz tajribalar, deklaratsiya qilish tizimini joriy etish kontseptsiyasi va bosqichlari va boshqa masalalar koʻrib chiqiladi.

Prezident farmoniga muvofiq Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligining asosiy vazifalaridan biri etib davlat xizmatchilarining daromad va mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimi joriy etilishi va samarali faoliyat koʻrsatishini hamda deklaratsiyalarning haqqoniyligi tekshirilishini tashkil etish, shuningdek ushbu jarayonda aniqlangan korruptsiya holatlariga oʻz vaqtida taʼsir choralari koʻrilishini taʼminlash belgilandi.

Agentlik Adliya vazirligi, Bosh prokuratura va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda, xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda uch oy muddatda “Davlat xizmatchilarining daromadlari, mol-mulki va manfaatlar toʻqnashuvini deklaratsiya qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqilishi belgilangan.

Asosiy mavzular