14:39 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
50030

Oʻtgan haftada kadastr yoʻnalishida respublika, viloyat va tuman miqyocidagi 7 nafar rahbar egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Davergeodezkadastr qoʻmitasi oʻz kanalida “Kadastr tizimida “tozalash ishlari” boshlandi” nom ostida xabarni joylashtirdi.

Unda aytilishicha, 10 iyul kuni kadastr yoʻnalishida respublika, viloyat va tuman miqyocidagi 7 nafar rahbar egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 

“Bu boshlanishi! Sohaning rivojiga toʻsiq boʻlayotgan har bir muammoni yechish qoʻmita oldida turgan pirovard maqsad boʻlib, mana shunday xodimlar doimiy nishonda boʻladi. 

Hurmatli fuqarolarimiz va tadbirkorlarimiz. Agarda Siz yuqorida aytib oʻtilgan yoʻnalishlar boʻyicha korruptsion holatlarga duch kelsangiz bizga (telegram bot @ygkuzbot, elektron pochta 01@ygk.uz) xabar bering”, - deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular