14:00 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1233)
96411

Bir sutka davomida 360 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 13 360 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 360 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 13 360 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 83 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 75 nafari Toshkent shahrida  va 9 nafari esa Navoyi viloyatida barchasi aholi orasida  aniqlangan.

Davolanish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 7 852 nafarga yetdi. Ayni paytda 5 446 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. 43 nafar bemor ogʻir ahvolda, 7 nafar bemor oʻta ogʻir ahvolda.

Oʻlim holatlari

10 iyul kuni Shayxontohur tumanida yashovchi 67 yoshli M.T. (ayol)da “COVID-19” tasdiqlangan. Shu kuniyoq oʻtkir nafas yetishmovchiligi sababli bemorning ahvoli ogʻir boʻlganligi uchun Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan. Shifoxonada unga “COVID-19” infektsiyasining oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, nafas yetishmovchiligining 3-darajasi, oʻtkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi tashxisi qoʻyilgan.

Shuningdek, bemorda gipertoniya kasalligining 2-darajasi, arterial gipertenziya, qandli diabet, surunkali xoletsistit kabi hamroh kasalliklar boʻlgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Yana bir holat: Uchtepa tumanida yashovchi 65 yoshli ayol S.Q.da 9 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va oʻtkir nafas yetishmovchiligi bilan Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infektsiyasi oʻta ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qoʻyilgan. Kasallik nafas va oʻtkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi bilan kechgan.

U, shuningdek, qandli diabet, gipertoniya va jigar tsirrozi kasalliklari bilan ham ogʻrib kelgan. Shifoxonada bemorning davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin ogʻirlashib, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 62 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Oʻzbekistonda 1 avgustdan keyin karantin choʻzdirilishi mumkin

COVID-19  koronavirusi tufayli, agar yuqtirish holatlari dinamikasi saqlanib qolsa, 1 avgustdan keyin Oʻzbekistonda karantin uzaytirilishi mumkin, dedi respublika sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari Bahodir Yusupaliyev.

Dunyo salomatligi

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 12,6 milliondan oshdi, 560 ming kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (3,3 mln), Braziliyada (1,9 mln), Hindistonda (878 ming).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1233)

Asosiy mavzular