COVID-19ni uy sharoitida davolash bo‘yicha qo‘llanma tasdiqlandi

CC0 / Pixabay / PIRO4D / Illyustrirovannoe izobrajenie virusa COVID-19
Illyustrirovannoe izobrajenie virusa COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirus infeksiyasining yengil formasi bilan kasallanib, uyida davolanayotgan bemor o‘zini qanday tutishi kerak, u bilan birga yashayotganlar nimalarga e’tibor berishi kerak? Klinik qo‘llanma bunday savollarga javob topishga yordam beradi.

TOShKENT, 14-iyul - Sputnik. O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning uyda davolanishi bo‘yicha qo‘llanma ishlab chiqildi. Bu haqda O‘zbekiston Innovatsion sog‘liqni saqlash Milliy palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bektemirskiy post GAI - Sputnik O‘zbekiston
Karantin 1-avgustdan keyin ham cho‘zilishi mumkin – Yusupaliyev

O‘zbekiston Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi tomonidan ishlab chiqilgan  klinik qo‘llanmada "koronavirus infeksiyasining yengil formasi bilan kasallanib, uyida davolanayotgan bemor o‘zini qanday tutishi kerak, u bilan birga yashayotganlar nimalarga e’tibor berishi kerak, ahvolini nazorat ostida ushlab turishda nima yordam beradi?" kabi savollarga javoblar keltirilgan.

Ta’kidlanishicha, har qanday kasallikni avvalo shifokor nazorati ostida davolash lozim. Qo‘llanmada ko‘rsatilganidek, «uyda davolanish jarayonida, ya’ni kasallik alomatlarining butunlay yo‘qolib ketguniga qadar yordam ko‘rsatish bo‘yicha bemor bilan shifokor o‘rtasida o‘zaro munosabat yo‘lga qo‘yilgan bo‘lishi zarur”.

Mazkur hujjat ustida Milliy palata ekspertlari tomonidan olib borilgan ish joriy yil 30-iyunda yakuniga yetkazilgan va ikki haftadan so‘ng Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ma’qullangan, ya’ni shifokorlar ham, bemorlar ham unga qarab ish tutsa bo‘ladi.

Meditsinskiy sotrudnik ustanavlivayet kapelnitsu v statsionare dlya bolnix s koronavirusnoy infeksiyey - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda koronavirus: 13-iyul asosiy xabarlari

Yana shunisi ham muhimki, ushbu Klinik qo‘llanma Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiyalariga muvofiq tayyorlangan. 

So‘ngi ma’lumotlarga qaraganda, koronavirus bilan kasallangan bemorlarning 40 foizida kasallik yengil kechadi. Agar kasallikning shunday kechishini qisqa ta’riflasak, unda COVID-19ni aniqlashga xos klinik holatlar mavjud, lekin virussiz pnevmoniya yoki gipoksiya belgilarisiz.

Bunda shuni bilish muhimki, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanganligi laboratoriya tomonidan tasdiqlangan, yoki shunday ehtimol mavjudligi, yoki shunday holatga shubha uyg‘otgan barcha shaxslar virusning yanada tarqalishini olish maqsadida uyda o‘zini o‘zi yakkalashi lozim bo‘ladi.

"COVID-19 ning yengil formasi bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha Vaqtinchalik klinik qo‘llanma” hujjatida kasallikning yengil kechishiga xos bo‘lgan asosiy kasallik belgilari sanalib o‘tgan. Ular orasida tana haroratining 38°S dan oshishi (yoki haroratning ko‘tarilmasligi), terlash, umumiy holsizlik, yo‘tal,sirqovlanish, tumov yoki tomoq og‘rig‘i, tomoq qichishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish va (yoki) diareya, tananing qaqshashi, bosh og‘rig‘i, ta’m va hid sezishning buzilishi.   

Illyustrirovannoe izobrajenie virusa COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Qachon tugaydi? Olimlar koronavirusning 3-chi to‘lqini haqida ogohlantirishdi

COVID-19 ning yengil formasi bilan kasallangan bemorni qayerda davolash — tibbiyot muassasasidami yoki uydami, — haqidagi qaror har bir aniq holatda qabul qilinishi kerakligi ko‘zda tutilgan. Bu yerda muhim mezonlardan biri bu — holatning birdan yomonlashuvining mavjud emasligi, shuningdek, bemorning uy sharoitini baholash ham muhim.

Hujjatning alohida bo‘limi sifatida «Bemor va uning oila a’zolari uchun tavsiyalar” ajratilgan. Bu yerda, xususan, «Bemorni parvarish qiladigan shaxslar soni chegaralangan bo‘lishi lozim. Aslida sog‘ligi mustahkam, asoratli kasalliklarsiz yoki immuniteti past bo‘lmagan bir kishi tanlanishi lozim”ligi ko‘rsatiladi.

Bevosita davolashga, hujjat tili bilan so‘zlaganda, COVID-19 ning yengil formasi bilan kasallangan bemorni davolashga kelsak, Klinik qo‘llanmaga muvofiq, «simptomatik davolash: isitmasi ko‘tarilganda yoki og‘riqni pasaytirish uchun haroratni tushiradigan dori vositalari, holatga mos ovqatlantirish va suv balansini ushlab turish” tavsiya etiladi.

Simptomatik davolash quyidagilarni ko‘zda tutadi: isitmani tushirish uchun — haroratni pasaytiradigan dori vositalari, masalan, paratsetamol, ibuprofen,; kompleks terapiya uchun rinit va/yoki rinofaringit — namlaydigan/ eliminatsion dor vositalari, burun-dimog‘ orqali qo‘llaniladigan dekongestantlar; nafas yo‘llarining yallig‘lanishi terapiyasi uchun — mukoaktiv, bronxolitik va boshqa dori vositalarini qo‘llash.

Jiteli goroda Dushanbe v zashitnix maskax na ulitse - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus Markaziy Osiyoda: Tojikiston COVID-19 ni yengishga muvaffaq bo‘ldimi?

Shuningdek, jumladan rinitni uyda davolash uchun, burun bitganda va boshqa bir qator holatlarda yana boshqa tavsiyalar ham berilgan. Kasallikning yengil turida yaxshi ovqatlanish kerak bo‘ladi, albatta, iliq holda, vaznning har bir kilogrammiga nisbatan 30 millilitr hisobida (organizmdan zaharlarni quvib chiqarish, shilliq pardani namlab turish va tomoq-burundagi ajratmalarning ajralishini yengillashtirish maqsadida).

Zudlik bilan tibbiy yordam talab qilinadigan xavotirli alomatlarga e’tibor qaratiladi. Jumladan, bosh aylanishi, nafas olishning og‘irlashishi, ko‘krakda og‘riqning paydo bo‘lishi, organizmning qurib ketishi va boshqalarga.

«COVID-19 ning yengil formasi bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha Vaqtinchalik klinik qo‘llanma” nafaqat shifokorlar va bemorlar uchun muhim hujjat hisoblanadi, shu bilan birga COVID-19 haqidagi bilimlar bilan qiziquvchilar uchun isbotlangan tibbiyot va xalqaro tajribaga asoslangan keng axborot manbai ham bo‘lib xizmat qiladi.

U bilan ishlab chiqaruvchilarning — O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash Milliy palatasining sayti orqali tanishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0