Shifokor konditsioner bo‘lmasa jaziramada qanday uxlash kerakligini aytdi

CC0 / pixabay / Jenshina spit. Illyustrativnoe foto
Jenshina spit. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shifokor Alena Maksimova konditsioner bo‘lmasa jaziramada qanday uxlash kerakligi yuzasidan tavsiyalar berdi.

TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Rossiya somnologlar jamiyati a’zosi, shifokor Alena Maksimova "Zvezda" telekanaliga bergan intervyusida konditsioner bo‘lmaganda jazirama havo vaqtida qanday uxlash kerakligini aytdi.

Glavvrach GKB im. Jadkevicha Aleksandr Masnikov - Sputnik O‘zbekiston
Qora o‘latdan o‘zini qanday himoya qilish mumkin – doktor Masnikov tavsiyalari

“Yotoqxonada havo namlagich ortiqchalik qilmaydi. Agar namlagich bo‘lmasa, unda sovuq suv bilan tog‘orani qo‘yish mumkin. U xonani sovutmaydi, ammo qo‘shimcha namlik paydo bo‘ladi. Ammo konditsioner - bu holatda eng yaxshi variant”, - deydi Maksimova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, konditsioner bo‘lmasa, yotoqxona qizib ketmasligi uchun parda va oynalarini yopish kerak.

Mutaxassis shuningdek, issiq havoda ko‘rpasiz uxlashni maslahat berdi, yoxud zig‘ir yoki paxta choyshabidan foydalanish zarur. Uning so‘zlariga ko‘ra, haddan tashqari issiq havoda sintetik matodan tayyorlangan ko‘rpadan foydalanib bo‘lmaydi, chunki unda teri yomonroq nafas oladi.

Yangiliklar lentasi
0