10:06 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
30801

Xalqaro tashkilot rahbari Tedros Adhanom Gebreyesusning yaqin kelajakda dunyo normal hayotga qaytmasligiga ishonchi komil.

TOSHKENT, 14 iyul - Sputnik. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adhanom Gebreyesus koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda juda koʻp mamlakatlar “notoʻgʻri yoʻlni” tanlaganini maʼlum qildi.

Biroq u gap qaysi mamlakatlar haqida borayotganiga oydinlik kiritmagan. JSST rahbari yaqin kelajakda dunyo normal holatga qaytolmaydi deb hisoblaydi.

“Agar milliy hukumatlar fuqarolarga infektsiyaga chalinishlar sonini kamaytirish va odamlarning hayotini saqlab qolish uchun qanday strategiyaga amal qilish kerakligini aniq tushuntirmaslikni davom etsa, agar aholi virusga qarshi kurashning asosiy qoidalariga (qoʻllarni yuvish, niqob taqish) rioya qilmasa, bizni pandemiya boʻyicha bittagina stsenariy kutmoqda - vaziyat yomonlashadi”, - dedi Gebreyesus.

Yanada koʻproq davlatlar va mintaqalar yangi COVID-19 avj olishini qayd etib, ilgari bekor qilingan karantin choralarini qayta joriy etmoqda. Biroq, JSST rahbari hamma ham navbatdagi oʻzini oʻzi yakkalashga tayyor emasligini taʼkidladi.

Eslatib oʻtamiz, kuni kecha JSST bir sutka davomida 230 mingta koronavirus bilan kasallanish holatini qayd etdi. Bu navbatdagi antirekord sanaladi.

Asosiy mavzular