23:08 03 Avgust 2020
Efir
  • RUB142.37
  • EUR11896.04
  • USD10207.69
Jamiyat
Havola olish
1111 0 0

Uzoq yillar davomida toʻlanmay kelgan va farzandlarning voyaga yetguniga qadar boʻlgan aliment pullari hisoblanganda - jami 401 mln. 366 ming soʻmni tashkil etgan. Fuqaro bu pullar evaziga oʻz uyida voz kechgan.

TOSHKENT, 14 iyul - Sputnik. Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanida yashovchi erkak almentdan yigʻilib qolgan ulkan qarzdorlikni yopish uchun uch nafar farzandiga turar joyni rasmiylashtirib berdi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi MIB axborot-xizmati.

MIB idorasi xabariga koʻra, erkak bir necha yillardan buyon aliment toʻlashdan qochib yurgan.

Bir qancha muddat oldin esa fuqarolik ishlari boʻyicha Pastdargʻom tuman sudining buyrugʻiga asosan qarzdor A.Oʻtaganovdan undiruvchi Oʻ.Oʻtaganova foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy taʼminoti uchun to ular voyaga yetgunga qadar aliment undirish belgilangan. 

Shundan soʻng qarzdorning ish joyi aniqlanib aliment pullari uning oylik ish haqining 50% foiziga qaratilgan.

Huquqiy tushuntirishlar oqibatida fuqaro farzandlarining voyaga yetganiga qadar boʻlgan aliment pullari hisoblab chiqilgan - bu jami 401 mln. 366 ming soʻmni tashkil etgan.

Ijro harakatlari davomida ushbu pul mablagʻlari qarzdorga tegishli uy-joy bilan hisob-kitob qilinib, toʻliq undirilish taʼminlangan va ijro hujjati amalda tamomlangan.

Asosiy mavzular