22:45 03 Avgust 2020
Efir
  • RUB142.37
  • EUR11896.04
  • USD10207.69
Jamiyat
Havola olish
88701

Bir sutka davomida 121 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 13 993 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 14 iyul — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 121 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 13 993 nafarni tashkil qilmoqda.

Toshkent shahrida 7 soat ichida 121 kishida infektsiya aniqlandi (86 nafari — bemor bilan muloqotda boʻlgan, 35 nafari — aholi orasida).

Davolanish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 44 nafar bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 8 074 nafarga yetdi.

Ayni paytda 5 854 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. 

Oʻlim holatlari

Koronavirusga chalingan qashqadaryolik bemor yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. Qarshi tumanida yashovchi, 56 yoshli B.V. (erkak) joriy yil 5 iyul kunidan 10 iyulgacha tana harorati koʻtarilib, holsizlik kuzatilgan. 11 iyul kuni esa tana harorati tushmay, holsizlik va yoʻtal kuchayganligi hamda nafas yetishmovchiligi belgilari paydo boʻlganligi sababli “COVID-19” infektsiyasiga namuna topshirgan va kasallik tasdiqlangan.

Bemor ogʻir ahvolda viloyat Ftiziatriya va pulmonologiya markazi reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan. Unga “COVID-19” infektsiyasi oʻta ogʻir kechishi tashxisi qoʻyilgan. Kasalli ikki tomonlama pnevmoniya ogʻir kechishi, nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin ogʻirlashib,  yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Yana bir holat: Koronavirusga chalingan toshkentlik 61 yoshli erkak vafot etdi. Shayxontohur tumanida yashovchi, F.A. 10 kun davomida tana harorati koʻtarilishi, bosh ogʻrigʻi, holsizlik, yoʻtal, hansirash belgilari bilan uyida davolangan. Ammo davo muolajalari natija bermagach, "COVID-19"ga namuna topshirgan va kasallik tasdiqlangan.

13 iyul kuni bemor oʻta ogʻir ahvolda Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasi reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan. Unga "COVID-19" infektsiyasi oʻta ogʻir kechishi tashxisi qoʻyilgan. Kasallik ikki tomonlama bronxopnevmoniya, nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, u qandli diabet, yurak ishemik kasalliggi, zoʻriqish stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh xastaliklar bilan ham ogʻrigan.

Reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemor oʻtkir nafas, surunkali jigar va buyrak hamda oʻpka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 65 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Laboratoriyada holat

Qashqadaryoda koronavirus tekshiriladigan laboratoriya xodimlarida virus aniqlangan.

Viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining 4 nafar xodimida koronavirus infektsiyasi qayd etilgan: “Markazning 500 ga yaqin xodimi xavfli virusning tahlili, dizenfektsiya ishlariga jalb qilingan. 8 iyul kuni oʻtkazilgan tekshiruvlarda SEO markazining 4 nafar xodimida test sinovlari musbat natijani koʻrsatdi”. Laboratoriyada ishlovchi xodimlar uy karantiniga olingan.

Yangi strategiya

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi videoselektor yigʻilishi avvalida mamlakatdagi epidemiologik vaziyatga alohida toʻxtalib oʻtdi.

Koronavirus bilan zararlanishning oldini olish, kasallikni erta aniqlash, simptomsiz va yengil kechayotgan bemorlar bilan olib borilayotgan davolash va nazorat tadbirlarini amalga oshirishda yangi strategiyalarni qoʻllash zarurligi qayd etildi.

Amaldagi test-tahlil topshirish jarayonini qayta koʻrib chiqib, aholi uchun qulay tizimni ishlab chiqish topshirigʻi berildi.

Chegaradagi tirbandlik

Oʻzbekiston Tojikiston chegarasida koronavirusning tarqalishi tufayli yuzlab yuk mashinalari toʻxtab qoldi. Xususan, "Oybek" nazorat-oʻtkazish punktida jiddiy vaziyat yuzaga keldi. Taʼkidlanishicha, transportning toʻxtatilishi haydovchilarni koronavirusga tekshirilishi bilan bogʻliq - haydovchilar natija eʼlon qilinishini bir necha kun kutishlariga toʻgʻri kelmoqda.

Yangi qoʻllanma

Respublikada COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning uyda davolanishi boʻyicha qoʻllanma ishlab chiqildi. Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi tomonidan ishlab chiqilgan  klinik qoʻllanmada "koronavirus infektsiyasining yengil formasi bilan kasallanib, uyida davolanayotgan bemor oʻzini qanday tutishi kerak, u bilan birga yashayotganlar nimalarga eʼtibor berishi kerak, ahvolini nazorat ostida ushlab turishda nima yordam beradi?" kabi savollarga javoblar keltirilgan.

Qoʻllanma haqida batafsil.

Dunyo salomatligi

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 13,1 milliondan oshdi, 573 ming kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (3,3 mln), Braziliyada (1,9 mln), Hindistonda (906 ming).

Asosiy mavzular